Zayniddin domla Eshonqulov
O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari
O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari tashabbusi bilan diniy soha xodimlari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish va milliy sport turlarini keng targ‘ib qilish maqsadida milliy kurash musobaqalariga start berildi.
Dastlab, Qashqadaryo viloyatining shahar va tumanlarida musobaqaning hududiy bosqichlari bo‘lib o‘tmoqda. Mazkur bellashuvlar natijasida eng kuchli polvonlar saralanib, viloyat bosqichida ishtirok etish yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi.
Bu kabi tadbirlar nafaqat soha xodimlarining jismoniy chiniqishiga, balki yoshlar o‘rtasida milliy qadriyatlarimizga bo‘lgan qiziqishning ortishiga ham xizmat qiladi.
Qashqadaryo viloyati vakilligi
Matbuot xizmati