O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
Siyosatshunos Qudratilla Rafiqov «Rossiyskaya gazeta»da e’lon qilingan maqolasida tarixiy xotira va milliy o‘zlikni anglash haqidagi mushohadalarini ifoda etdi.
Muallif yaqin o‘tmish haqida fikr yuritar ekan, ajdodlarimiz kimu, bu dunyoda joyimiz qayerda bo‘lganini unutib qo‘yganimiz, eng alamlisi, zamonaviy dunyo sahnidagi madaniy va tarixiy o‘rnimiz qumga singgan suvday «yo‘qolib» qolganini tak’idlaydi.
Bugun esa O‘zbekiston qanday yo‘lga kirganini va bu yerda nimalar bo‘layotganini barcha ko‘rib, his qilib turganiga ishonishini bildiradi:
«Bir nozik jihat borki, buni hammayam ilg‘ab olayotganiga shubham bor. Men ilgarigi bir necha maqolalarimda bildirgan fikrimda sobitman — uzoq yillar ko‘p balolarni boshidan kechirishga majbur bo‘lgan bu yurt va uning xalqi endilikda nafaqat mamlakat suverenitetini mustahkamlash, balki unuttirilgan va bag‘ridan yulib olingan ulug‘ o‘tmish xotirasi, madaniyati va ajdodlari merosini tiklash hamda bu sharafli harakat o‘laroq o‘z kimligini topishga, ma’naviy yangilanishga bel bog‘ladi, desam, to‘g‘ri bo‘ladi», — deb yozadi Q.Rafiqov.