Sayt test holatida ishlamoqda!
08 Iyul, 2025   |   13 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:15
Quyosh
04:58
Peshin
12:33
Asr
17:41
Shom
20:02
Xufton
21:37
Bismillah
08 Iyul, 2025, 13 Muharram, 1447
Yangiliklar

Uyli bo‘lish saodati va bolajonlar quvonchi

01.04.2025   4547   1 min.
Uyli bo‘lish saodati va bolajonlar quvonchi

Mamlakatimizda kam ta’minlangan oilalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning yashash sharoitlarini yaxshilash borasida ibratli ishlar amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston musulmonlari idorasi Xorazm viloyati vakili Xayrulla domla Abdullayev, Urganch shahar bosh imom-xatibi Hasanboy domla Kenjayev va Urganch shahar “Ko‘zli ota” masjidi imom-xatibi Hoshimjon domla Otajonovlar homiylarni jalb qilgan holda, Urganch shahrida boquvchisini yo‘qotgan, ijtimoiy himoyaga muhtoj uch oilaga Urganch shahrida qurib bitkazilgan barcha qulayliklarga ega ko‘p qavatli uylardan 3 ta yangi xonadon hadya qilindi.
 

Yangi uylarni topshirish marosimida Urganch shahar hokimi Bunyod Rajabov, mahalla ahli va mutasaddilar ishtirok etdi. Xayrulla domla Abdullayev uy-joyli bo‘lganlarni muborakbod etib, yangi uylarda yaxshi kunlar, to‘ylar bo‘lishini tiladi. O‘z o‘rnida uy sohiblari ham bunday e’tibor va g‘amxo‘rlikdan ko‘ngli tog‘dek ko‘tarilib, bu ishning boshida turganlarni, insonparvarlik yordami ko‘rsatganlarni duo qildi.


Mazkur xayrli tadbirda xizmati va saxovati bilan ishtirok etgan barcha saxiy insonlarni Alloh taoloning O‘zi mukofotlasin!


“Yaxshilikning mukofoti, faqat yaxshilikdir”! 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati

Uyli bo‘lish saodati va bolajonlar quvonchi Uyli bo‘lish saodati va bolajonlar quvonchi Uyli bo‘lish saodati va bolajonlar quvonchi Uyli bo‘lish saodati va bolajonlar quvonchi Uyli bo‘lish saodati va bolajonlar quvonchi Uyli bo‘lish saodati va bolajonlar quvonchi Uyli bo‘lish saodati va bolajonlar quvonchi Uyli bo‘lish saodati va bolajonlar quvonchi
O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Piyoda haj qilgan afzalmi yoki ulovdami?

07.07.2025   2140   1 min.
Piyoda haj qilgan afzalmi yoki ulovdami?

#haj

64-CAVOL:  
Assalomu alaykum. Men piyoda haj qilmoqchiman, shu masalaga dinimizda nima deyiladi?


JAVOB: 

Va alaykum assalom. Piyoda haj qilish to‘g‘risida mazhabboshimiz Imom Abu Hanifa rahimahulloh makruh, deganlar. Chunki piyoda haj qilishda safar mashaqqati odamning xulqiga salbiy ta’sir ko‘rsatib, kishi fe’lini tajang qilib qo‘yadi. “Majma’ul anhur” kitobida: “Ulovda haj qilish piyoda haj qilishdan afzaldir va fatvo ham shungadir”, deyiladi. 


Hozirgi kunda vatandoshlarimizning xavfsizligi va qulayligini hisobga olib, faqat uyushgan holda va havo yuli orqali haj safari qilinadi. Har bir hojining xavfsizligi, sog‘ligi va ibodatlarni to‘liq bajarishi maxsus ishchi guruh diqqat-e’tiborida bo‘ladi. 


Demak, yakka tartibda piyoda va avtomobillarda haj safari qilish maqsadga muvofiq emas. Chunki piyoda safar qilinganda bir nechta xorijiy davlatlar chegaralari kesib o‘tiladi va yo‘lning xavfsizligiga hech kim kafolat bera olmaydi. 


Hukumatimiz tomonidan barcha qulayliklar yaratilib turganda bir paytda, jonimizni xavfga qo‘yib, piyoda haj qilaman, deyish ma’qul emas. Vallohu a’lam. 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi 
fatvo hay’ati.  @diniysavollar

 

Haj va umra