Bismillahir Rohmanir Rohiym
Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin.
Uqba ibn Omir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam menga ikki mu’avvizot, ya’ni ikki «Qul a’uzu»ni har namoz so‘ngida o‘qishni buyurdilar».
Abu Dovud, Termiziy, Nasaiy va boshqalar rivoyati.
Abu Dovudning rivoyatlarida:
«Qul huvallohu ahad», «Qul a’uzu birobbil falaq», «Qul a’uzu birobbinnas»ni o‘qish lozim, deyilgan.
Imom Navaviyning «Al-Azkor» kitobidan
Dinimiz inson hayotining barcha jabhalarida muvozanatni ta’minlab, yuksak madaniyat va ezgu qadriyatlar asosida yashashni ustuvor vazifa sifatida targ‘ib qiladi. To‘y va boshqa marosimlar ham shunday me’yorlar doirasida bo‘lishi lozim. Ayniqsa, hozirgi kunda ortiqcha dabdababozlik va isrofgarchilik keng tarqalganligi sababli, insonlarning burch va axloqiy talablariga zid holatlar ko‘payayotgani kuzatilmoqda.
Islom dinida to‘y ma’naviy va ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan birlashtiruvchi tadbir sanaladi. Undagi eng asosiy maqsad ayol va erkakni nikoh orqali oila qurishi va jamoat oldida bu rishtaning tasdiqlanishidir. Shunday ekan, to‘y ziyofatlari ortiqcha xarajatlar va dabdababozlikka aylanib ketsa, asosiy maqsaddan chetlanish vujudga keladi.
Isrof va dabdababozlik nafaqat moliyaviy zarar keltiradi, balki diniy-axloqiy nuqtayi nazardan ham qoralanadi. Qur’oni Karimda bu haqda shunday deyilgan:
“U zot isrof qiluvchilarni sevmas” (A’rof, 31).
To‘ylarda ixchamlik va oddiylikni saqlash, isrofga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Ortiqcha isrof va dabdababozlikning zararlari quyidagilar:
Yaqin qarindoshlar, do‘stu qadrdonlar va qo‘shnilarni taklif qilish, kamtarona dasturxon tuzatish, bir necha turli taomlarni o‘rniga oddiy taomlarni tayyorlash, qo‘sha-qo‘sha mashinalar va qator-qator san’atkorlarsiz marosimlarni o‘tkazish, to‘yxona, uylarni ortiqcha bezamaslik, sarpo qilishda keraksiz va qimmat buyumlardan voz kechish, to‘y uchun sarf-xarajatlarni oldindan rejalashtirish, boshqa xarajatlarga yo‘l qo‘ymaslik, dinimiz ko‘rsatmalariga amal qilish to‘ylarda dabdaba va isrofni oldini oladi.
Isrof va dabdababozlikdan chetlashish, oddiylik va ixchamlikka e’tibor berish har bir musulmonning burchi va mas’uliyatidir. To‘y hamjihatlik va oila qurish uchun muhim marosim ekanligini e’tiborga olsak, uning mazmunini yo‘qotib, ortiqcha sarf-xarajatlarga aylantirishdan saqlanish lozim.
To‘ylarni ixcham qilishga harakat qilsak, nafaqat o‘zimiz, balki jamiyatimiz ham barqaror va isloh bo‘ladi.
Shermuhammad Boltayev,
Xorazm viloyati Shayx Qosim bobo jome
masjidi imom-xatibi