Sayt test holatida ishlamoqda!
04 Iyul, 2025   |   9 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:11
Quyosh
04:55
Peshin
12:33
Asr
17:42
Shom
20:04
Xufton
21:40
Bismillah
04 Iyul, 2025, 9 Muharram, 1447
Yangiliklar

Janubiy Koreyadagi vatandoshlar Ramazon hayitini keng nishonladi

01.04.2025   5905   2 min.
Janubiy Koreyadagi vatandoshlar Ramazon hayitini keng nishonladi

Kecha dunyoning turli mamlakatlarida bo‘lgani kabi, Koreya Respublikasida ham Ramazon hayiti keng nishonlandi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Xususan, Janubiy Koreyada vaqtincha ishlayotgan va ta’lim olayotgan vatandoshlarimiz ham ushbu bayram ko‘tarinki ruhda kutib oldilar.

 

Bundan tashqari, muborak Ramazon oyi munosabati bilan Janubiy Koreyada bo‘lib turgan vatandoshlarimiz bilan diniy-ma’rifiy suhbatlar o‘tkazish maqsadida O‘zbekiston Musulmonlari idorasi rasmiy vakillari bir oy davomida ushbu mamlakatda bo‘ldi.

 

Mamlakatimiz elchixonasi tashabbusi bilan amalga oshirilgan ushbu tashrif doirasida imomlarimiz ishtirokida Janubiy Koreyadagi fuqarolarimiz zich yashaydigan shaharlarda "Ramazon-2025" ilmiy-ma’rifiy tadbirlari o‘tkazildi.

 

31 mart yurtdoshlarimiz eng ko‘p yashaydigan Mokpo, Tegu va Chondju kabi shaharlarda imomlarimiz bilan birgalikda Ramazon hayiti namozi o‘qildi.

Ma’ruzalar davomida O‘zbekiston Prezidentining xalqimizga Ramazon hayiti munosabati bilan yo‘llagan tabrigining  mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida so‘zlab berildi. 

 

Ayniqsa, mamlakatimiz rahbari tabrigidagi "Mana shu shukuhli ayyomda chet ellarda ona yurtga sadoqat tuyg‘usi bilan yashayotgan vatandoshlarimizni ham Ramazon hayiti bilan chin dildan qutlab, ularga ezgu tilaklarimizni izhor etamiz", degan fikrlar alohida urg‘ulandi.

 

Vatandoshlar yurtimizda hukm surayotgan tinchlik va osoyishtalik, hukumatimiz tomonidan xorijda istiqomat qilayotgan fuqarolarga qaratilayotgan e’tibor va jonajon O‘zbekistonimiz tinchligi, xalqimiz farovonligini Yaratgandan so‘rab duo qildilar.

 

– Bu yil muborak Ramazon oyini Janubiy Koreyada vatandoshlar bilan birgalikda ko‘tarinki ruhda o‘tkazdik, – deydi Toshkent shahridagi "Yunus ota" masjidi imom xatibi Jamoliddin Qodirov. – Bir oy davomida Chondju shahrida istiqomat qilayotgan vatandoshlarga muqaddas Islom dinining asl mohiyati, Ramazon oyi fazilatlari, shukronalik hissi bilan yashash, berilgan ne’matlarning qadriga yetish, yurt ravnaqi, vatan taraqqiyoti, millatimiz hamjihatligi, xalq farovonligi yo‘lida astoydil xizmat qilish kabi mavzularda ma’ruzalar o‘qidik. 

 

Janubiy Koreyadagi vatandoshlar Ramazon hayitini keng nishonladi
O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar

Hadisdagi kenglikdan murod nima?

02.07.2025   2804   1 min.
Hadisdagi kenglikdan murod nima?

Savol: Hadisda “Kim Ashuro kuni ahli ayoliga kenglik yaratsa, Alloh unga yil bo‘yi kenglik yaratadi”, deyilganini o‘qidim. Hadisdagi ushbu kenglikdan murod nima?

Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Haqiqatda, hadisi shariflarda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Kimki Ashuro kunida ahli ayoliga kenglik qilsa, Alloh unga yil davomida kenglik qiladi", deb marhamat qilganlar (Imom Tabaroniy rivoyati).

Ulamolar mazkur hadislardagi kenglikni yeb ichish, kiyim-kechak va boshqa narsalarda kenglik qilishni iroda qilingan deganlar. Ya’ni odamlar shu kuni oila a’zolariga xuddi bayramlardagi kabi, balki undan ham yaxshiroq mo‘l-ko‘lchilik qilib bersalar, Alloh taolo ularga yil davomida kengchilik qiladi, deb tushunish mumkin. Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi