frontend\widgets\header\Header: Attempt to read property "fajr" on null
Yangiliklar

Namangandagi “Zayd ibn Xorisa“ jome masjidida yig‘ilish o‘tkazildi

05.04.2025   13564   1 min.
Namangandagi “Zayd ibn Xorisa“ jome masjidida yig‘ilish o‘tkazildi

3 aprel kuni Namangan viloyati bosh imom-xatibi Musoxon domla Abbasiddinov boshchiliklarida viloyat vakilligi xodimlari, tumanlar bosh imom-xatiblari hamda  "Haj-2024" ziyoratchilaridan iborat tuzilgan ishchi guruhi a’zolari uchun Namangan viloyati Chortoq tumanidagi “Zayd ibn Xorisa“ jome masjidida yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishda ishchi guruh a’zolari hamda mahallalarda ma’naviyat targ‘ibotchisi bo‘lgan hojilar bilan Chortoq tumanida amalga oshiriladigan ishlar muhokama qilinib, tavsiya va ko‘rsatmalar berildi. 

Ishchi guruh faoliyatining asosiy yo‘nalishlari sifatida quyidagilar belgilandi:
birinchi yo‘nalish – imom-xatibning “Haj-2024” ziyoratchilarini ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarga faol jalb etish; 
ikkinchi yo‘nalish – imom-xatibning masjidni boshqarish faoliyatini yaqindan o‘rganish, maslahat va ko‘mak berish;
uchinchi yo‘nalish – imom-xatib uchun namuna tarzida peshin namozi vaqtida masjidga kelganlarga dolzarb mavzuda ma’ruza qilib berish.

Ishchi guruh a’zolari yuqoridagi yo‘nalishlar bo‘yicha Chortoq tumanida faoliyat olib bordi. 

Shuningdek Ishchi guruh a’zolari  Chortoq tumani masjidlari hududidagi mahallaning bir necha xonadonlariga kirib, u yerda yashayotganlardan hol-ahvol so‘raldi. Xonadondagi yoshlarni ta’lim tarbiyasi bilan tanishildi, ularning muammolari o‘rganildi, taklif fikr, mulohazalari tinglandi va mahallalarda namunaviy bo‘lgan oilalarga kirib keksalardan yurtimiz haqqiga duoi xayrlar olindi.

Imom-xatiblar faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan Ishchi guruh faoliyati viloyatning boshqa tumanlarida ham o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi 
Namangan viloyati vakilligi 
Matbuot xizmati

Namangandagi “Zayd ibn Xorisa“ jome masjidida yig‘ilish o‘tkazildi Namangandagi “Zayd ibn Xorisa“ jome masjidida yig‘ilish o‘tkazildi Namangandagi “Zayd ibn Xorisa“ jome masjidida yig‘ilish o‘tkazildi Namangandagi “Zayd ibn Xorisa“ jome masjidida yig‘ilish o‘tkazildi Namangandagi “Zayd ibn Xorisa“ jome masjidida yig‘ilish o‘tkazildi Namangandagi “Zayd ibn Xorisa“ jome masjidida yig‘ilish o‘tkazildi Namangandagi “Zayd ibn Xorisa“ jome masjidida yig‘ilish o‘tkazildi Namangandagi “Zayd ibn Xorisa“ jome masjidida yig‘ilish o‘tkazildi
O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar

Bu hadisni Rasululloh ﷺdan eshitganmisiz?

30.06.2025   1392   1 min.
Bu hadisni Rasululloh ﷺdan eshitganmisiz?

Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin.

Hazrati Muoviyaning davrlarida ikki odam janjallashib qoldi. Janjal asnosida biri boshqasining tishini urib sindirdi. U singan tishini olib, Muoviya roziyallohu anhuning huzurlariga bordi va: «Tishning qasosi tish bo‘ladi, shuning uchun qasos olib bering», dedi.


Hazrati Muoviya: «To‘g‘ri, sening haqqing bor, lekin nima foyda? Sening tishing-ku sinib bo‘ldi. Unikini ham sindiraylikmi? Uning o‘rniga tishingning xunini ol, xun evaziga murosa qil», dedilar.

U kishi: «Men aynan o‘sha tishini sindirib qasos olaman», dedi. Muoviya roziyallohu anhu unga yana qayta tushuntirdilar. Lekin u ko‘nmadi. Hazrati Muoviya keyin: «Undoq bo‘lsa yur, uning ham tishini sindiramiz», dedilar.


Yo‘lda mashhur sahoba Abu Dardo roziyallohu anhu o‘tirgan edilar. U zot shunday dedilar: «Birodar! Qara, sen-ku qasos olyapsan. Lekin bu gapni ham eshitib ket. Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning: «Kim birovga aziyat yetkazsa va aziyat yetgan kimsa uni kechirib yuborsa, Alloh taolo uni afvga eng ko‘p muhtoj bo‘ladigan kunda (ya’ni oxiratda) afv qiladi», deganlarini eshitganman».

Boyagina g‘azabga minib, xun haqi olishga hech rozi bo‘lmay turgan odam ushbu hadisni eshitgach: «Siz bu hadisni Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan eshitganmisiz?» deb so‘radi. Abu Dardo roziyallohu anhu: «Ha, eshitganman, mening mana shu quloqlarim eshitgan», dedilar.

«Nasihatlar guldastasi» kitobidan