Sayt test holatida ishlamoqda!
22 Noyabr, 2026   |   12 Jumadul soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
05:56
Quyosh
07:14
Peshin
12:14
Asr
15:17
Shom
17:02
Xufton
18:18
Bismillah
22 Noyabr, 2026, 12 Jumadul soni, 1448

Muborak oy oldidan munosib tuhfa

09.03.2024   3337   2 min.
Muborak oy oldidan munosib tuhfa

Masjidlar Alloh taoloning bayti, er yuzidagi eng pokiza va toza makonlardir. Ularning minoralaridan muazzinlarning ovozlari yangraydi, u joyga farishtalar tushishadi, rahmatlar yog'iladi, masjid ahlining ustiga barakalar yog'iladi. Masjidlarda musulmonlar bir-birlari bilan tanishadilar, ulfat bo'ladilar, bir-birlariga yordam berib, hamjihat bo'ladilar, bir-birlarini ziyorat qilib, bir-birlariga rahm-shafqat ko'rsatadilar. Buning natijasida oralarida bog'lanish, do'stlik, mehribonlik kuchayadi.

Alloh taolo Qur'oni karimda “Albatta, Allohning masjidlarini faqat Allohga va oxirat kuniga iymon keltirganlar, namozni to'kis ado etganlar, zakotni berganlar va Allohdan boshqadan qo'rqmaganlargina obod qilurlar…” (Tavba surasi, 18-oyat) degan.

Oxirgi yillarda diyorimizda diniy-ma'rifiy sohada ko'plab xayrli islohotlar amalga oshirib kelinmoqda. Ayniqsa, masjidlarni obod etish, ibodatga keluvchilar uchun eng oliy darajadagi qulayliklar muhayyo qilinmoqda.

«Uchko'prik» jomesining yangi binosi muborak oy oldidan uchko'prikliklar uchun munosib tuhfa bo'ldi. Milliy va zamonaviy uyg'unlikni o'zida mujassam qilgan Baytullohda ilk juma namozi ado etildi. Unda viloyat bosh imom-xatibi Ubaydulloh domla Abdullayev, Buvayda tumani bosh imom-xatibi Ahmadxon domla Nizomovlar ishtirok etishdi.

Ubaydulloh domla Abdullayev yurtdoshlarimizni kirib kelayotgan Ramazon oyi bilan muborakbod etib, masjidlarni obod etilishida, avvalo, yurtimizda diniy-ma'rifiy sohaga qaratilayotgan e'tibor, qolaversa, saxovatpesha va himmatli xalqimizning sa'y-harakatlari katta ekani ta'kidladilar.

Jamoat bilan juma namozi ado etilib, yakunda yurt ravnaqi, xalq farovonligi, dinimiz rivoji hamda Ramazon oyi barokatli bo'lishini so'rab duo qilindi.

Farg'ona viloyati vakilligi Matbuot xizmati

Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Xalqaro anjuman ishtirokchilari Hakim Termiziy maqbarasini ziyorat qildilar

20.11.2026   79580   1 min.
Xalqaro anjuman ishtirokchilari Hakim Termiziy maqbarasini ziyorat qildilar

Bugun, 20 noyabr kuni Termiz shahrida o‘tkazilgan «Hakim Termiziy ilmiy-ma’naviy merosining bugungi kundagi ahamiyati» mavzusidagi xalqaro konferensiya ishtirokchilari buyuk mutafakkir majmuasida bo‘ldilar.

Xorijiy davlatlardan tashrif buyurgan muftiylar, taniqli ulamo va islomshunos olimlar hamda mahalliy soha vakillari muqaddas qadamjoda Qur’oni karim tilovat qilib, ulug‘ muhaddis va mutasavvif haqlariga duoi fotiha o‘qidilar. Butun dunyoda tinchlik-osoyishtalik barqaror bo‘lishi, yurtimiz yanada obodlashib, ajdodlarga munosib avlodlar yetishib chiqishini so‘rab xayrli duolar qilindi.

Mehmonlar mahobatli maqbara, serfayz hovli hamda majmuada amalga oshirilgan keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari bilan yaqindan tanishdilar.

Ular O‘zbekistonda diniy-ma’rifiy sohadagi islohotlar va allomalar merosiga ko‘rsatilayotgan yuksak ehtiromga yuqori baho berdilar.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari