Sayt test holatida ishlamoqda!
18 Sentabr, 2026   |   7 Rabi`us soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:47
Quyosh
06:06
Peshin
12:17
Asr
16:38
Shom
18:32
Xufton
19:47
Bismillah
18 Sentabr, 2026, 7 Rabi`us soni, 1448
Yangiliklar

Yuzdan ziyod oilaga kirildi

08.04.2025   10205   2 min.
Yuzdan ziyod oilaga kirildi

 

2024 yil haj mavsumida muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari bilan telefon orqali muloqot qilib, hojilar holidan xabar olib, hojilar O‘zbekistonga qaytgach, jamiyatimizdagi mehr-oqibat muhitini mustahkamlash, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish, yoshlar tarbiyasi va oilalar totuvligida ibrat bo‘lishlariga umid bildirgan edilar.

Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari mazkur ko‘rsatmalardan kelib chiqib, muhtaram Yurtboshimizga hojilar bilan birga murojaat yo‘llagan edilar.

Murojaatda Vatanga qaytgach, har bir hoji ma’naviyat va ma’rifat targ‘ibotchisi bo‘lishi ta’kidlangan edi.

Hojilar imom-xatiblar bilan birga mahallalarga, oilalarga kirib, xalqimizning ma’naviyati, ma’rifati yuksalishiga xizmat qilyaptilar. 

Bugun Toshkent shahar bosh imom-xatibi Abduqahor domla Yunusov poytaxtimizning Uchtepa tumanidagi «Hazrati Ali» jome masjidiga tashrif buyurdilar.

Toshkent shahar tumanlari bosh imomlari, Uchtepadagi masjidlar imom-domlalari, mahalla faollari, hoji otalar, hoji onalar ham dastlab mazkur masjidda yig‘ildilar.

So‘ngra Abduqahhor domla boshchiligida imom-domlalar, mahalla faollari, hoji otalar, hoji onalar bo‘linib, tumandagi 22 ta mahallaga  kirib bordilar.

Abduqahhor domla muayyan sababga ko‘ra jazo muddatini o‘tab qaytgan bir yigit bilan gaplashib, unga zarur tavsiya va yo‘l-yo‘riqlar berdilar.

Shuningdek, tadbir ishtirokchilari notinch xonadonlar, ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalar bilan ham suhbatlar olib borib, ularga zarur ko‘mak bermoqdalar.

Bunday xayrli ishlar izchil davom ettirilib, poytaxtimizning har bir mahallasida o‘tkazilyapti.

Shu paytgacha imom-xatiblar, otinoyilar, mahalla faollari, hoji otalar, hoji onalar birgalikda 50 mingdan ortiq xonadonga kirishdi.

Tadbirlar tugagach, imomlar, mahalla faollari, hojilar yana «Hazrati Ali» masjidiga qaytib kelib, amalga oshirilgan ishlar yuzasidan o‘zaro fikr almashdilar. Kelgusidagi ishlar rejasini belgilab oldilar.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Toshkent shahar vakilligi 
Matbuot xizmati

 

Yuzdan ziyod oilaga kirildi Yuzdan ziyod oilaga kirildi Yuzdan ziyod oilaga kirildi Yuzdan ziyod oilaga kirildi Yuzdan ziyod oilaga kirildi Yuzdan ziyod oilaga kirildi Yuzdan ziyod oilaga kirildi Yuzdan ziyod oilaga kirildi Yuzdan ziyod oilaga kirildi Yuzdan ziyod oilaga kirildi Yuzdan ziyod oilaga kirildi Yuzdan ziyod oilaga kirildi Yuzdan ziyod oilaga kirildi Yuzdan ziyod oilaga kirildi Yuzdan ziyod oilaga kirildi Yuzdan ziyod oilaga kirildi Yuzdan ziyod oilaga kirildi Yuzdan ziyod oilaga kirildi Yuzdan ziyod oilaga kirildi
O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Muruvvatli bo‘lish — oliy fazilat va insoniy burchdir

18.09.2026   7488   1 min.
Muruvvatli bo‘lish — oliy fazilat va insoniy burchdir

Bugun, 18 sentyabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari Qoraqalpog‘iston Respublikasiga xizmat safari davomida Nukus shahridagi “Imom eshon Muhammad” jome masjidida juma namozini ado etdilar.

Muftiy hazratlari namozdan oldin jamoatga “Muruvvatli bo‘lish — oliy fazilat!” mavzusida manfaatli ma’ruza qilib berdilar.

Ma’ruzada ta’kidlanganidek, muruvvat — mehr-shafqat, saxovat va muhtojlarga yordam berish kabi eng go‘zal insoniy fazilatlardan sanaladi. O‘zini saxovatli deb bilgan inson o‘z manfaatini o‘zgalardan ustun qo‘ymasligi, keksalar holidan xabar olishi, yiqilganni suyash orqali qalban xotirjamlik topadi.

Shuningdek, bugungi tezkor zamonda bir-birimizga bag‘rikeng bo‘lish jamiyatda tinchlik, baraka hamda hamjihatlikni barqaror qilishi, ushbu oliy fazilatni o‘zimizda shakllantirib, farzandlarimizga meros qoldirish har birimizning burchimiz ekanligi alohida uqtirildi.

Fayzli suhbat yakunida yurtimizga tinchlik-omonlik va xonadonlarimizga baraka tilab xayrli duolar qilindi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari