Sayt test holatida ishlamoqda!
15 May, 2025   |   17 Zulqa`da, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:29
Quyosh
05:04
Peshin
12:24
Asr
17:24
Shom
19:38
Xufton
21:07
Bismillah
15 May, 2025, 17 Zulqa`da, 1446
Yangiliklar

Bitiruvchi kurs talabalari taqsimoti ko‘rib chiqildi

10.04.2025   9300   1 min.
Bitiruvchi kurs talabalari taqsimoti ko‘rib chiqildi

Bugun, 10 aprel kuni "Sayyid Muhyiddin maxdum" o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasida bitiruvchi kurs talabalarini ish joylariga taqsimlash ishlari ko‘rib chiqildi.


Tadbirda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Muhammadolim domla Muhammadsiddiqov, masjidlar bo‘limi xodimi Muzaffar Jabborov, kadrlar bo‘limi xodimi Abdunosir Bobomirzayev hamda Andijon viloyati bosh imom-xatibi Mirzamaqsud domla Alimov ishtirok etdi.


Ular bitiruvchi kurs talabalari bilan suhbatlashib, zaruriy tavsiyalar berishdi. 

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati

Bitiruvchi kurs talabalari taqsimoti ko‘rib chiqildi Bitiruvchi kurs talabalari taqsimoti ko‘rib chiqildi Bitiruvchi kurs talabalari taqsimoti ko‘rib chiqildi Bitiruvchi kurs talabalari taqsimoti ko‘rib chiqildi Bitiruvchi kurs talabalari taqsimoti ko‘rib chiqildi Bitiruvchi kurs talabalari taqsimoti ko‘rib chiqildi Bitiruvchi kurs talabalari taqsimoti ko‘rib chiqildi
O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar

Xudoga xush keladigan ishlarni qilaylik!

14.05.2025   2144   1 min.
Xudoga xush keladigan ishlarni qilaylik!

Dunyoda shunday ishlar borki, Alloh taologa suyukli bo‘ladi. Ulardan biri ko‘ngilni shod etish hisoblanadi.

 

Bu haqda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallam bunday marhamat qilganlar: “Alloh taologa farz ibodatlardan keyin eng maqbul ish – musulmon kishining ko‘ngliga surur (xursandchilik) yetkazishdir”.   

 

Darhaqiqat, o‘zga kishining ko‘nglini olish, uni xursand qilish xayrli amallardandir. Hazrati Alisher Navoiy:

 

Kimki bir ko‘ngli buzug‘ning xotirin shod aylagay,

Oncha borkim, Ka’ba vayron bo‘lsa, obod aylagay, deya bejiz aytmagan.

 

Musulmonning ko‘ngliga ozor berish esa, xunuk ishlardandir. Bu haqda xalqimizda: “Dilozordan Xudo bezor”, degan naql bor.

 

Alloh taolo barchamizni o‘zgalarga ozor berishdan saqlab, Alloh taologa suyukli bo‘lgan ishlarni qilishga muvaffaq aylasin!

 

Ruhiddin Akbarov,

O‘MIning
Qashqadaryo viloyat vakilligi xodimi