Sayt test holatida ishlamoqda!
14 Oktabr, 2026   |   3 Jumadul avval, 1448

Toshkent shahri
Tong
05:15
Quyosh
06:33
Peshin
12:09
Asr
16:00
Shom
17:48
Xufton
19:03
Bismillah
14 Oktabr, 2026, 3 Jumadul avval, 1448

O‘lim farishtasi xonada ekan

11.04.2025   21475   3 min.
O‘lim farishtasi xonada ekan
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Banda nimaning ustida o‘lgan bo‘lsa, ana o‘sha uzra qayta tiriladi”[1], deganlar.

Demak, kim talbiya[2] aytib o‘lsa, talbiya aytgan holda tirilar va yana kimdir mast holda o‘lsa, mast holida tirilar ekan.

Shu o‘rinda o‘limidan avval qo‘shiq aytgan qiz hikoyasini  e’tiboringizga havola qilamiz:

«Ranglari za’faron, holsiz qiz pichirlab zo‘rg‘a gapirar edi.

Doktor Abdul Muhsin Ahmad aytadi: “Bu qizni tekshirgan oxirgi shifokor men edim, qulog‘imdan stetoskopni oldim. Qiz faqat bir so‘zni takrorlardi: “Xudo xayringizni bersin, tahlil natijalari qanday ekan?  Kasalxonada diqqinafas bo‘lib ketdim. Qachon chiqaman bu yerdan?” Men qizning tahlillarini  tekshiruvga yubordim.

Olingan namunalar laboratoriyada tekshirilmoqda edi, o‘sha onda o‘lim farishtasi xonada ekan-da... Men xonadan tashqarida edim. Shu payt hamshiraning ko‘zlari katta-katta bo‘lgan xolda xonadan yugurib chiqdi. Men xonaga kirdim. U yerda ko‘rayotganlarim bir necha lahzalar oldin ko‘rganimga sira o‘xshamasdi. Qizning rangi o‘chgan, ko‘zlari alang-jalang, qo‘l-oyoqlari tortishgan, lablari titrardi... Yurak urishi sekinlashib, qon bosimi pasaya boshladi. Uning hayotini saqlab qolish uchun  hamma ishlar qilindi.

Qizga qarab: “Laa ilaha illalloh” degin dedim. U lablarini qimirlatsa-da, lekin birorta harf ham ayta olmasdi.

Kalimai shahodatni ikkinchi marotaba takrorladim... Uchinchi marta ham... U o‘lim talvasasida edi. Uning xirillashini eshita boshladim. Qiz bir nechta harf ayta boshladi. Men yana kalimani takrorladim...

Qiz endi xirillaganicha qo‘shiq ayta boshladi. O‘lim farishtasi qizga qo‘shiqni tugatib olishiga imkon bermadi, uning ruhi tanasini tark etdi.

Qiz o‘ldi... O‘limidan avval qo‘shiq aytdi... 

Endi u qiyomatda Alloh taologa qo‘shiq aytgan holda yuzlanadi...»[3]

Allohim! Qiz har kuni bor ovozi ila chinqirib, barmoqlarini tishlagan holda yig‘lab: “Robbim! Meni bu yerdan chiqar. Qasam ichib aytaman, faqat Sen rozi bo‘ladigan narsalarni eshitaman, undan boshqasini eshitmayman. Faqatgina Sen rozi bo‘ladigan narsalarni ko‘raman va tunlari mijja qoqmay namoz o‘qib chiqaman, o‘lgunimcha kunduzlari ro‘za tutaman” desa ham, endi u hayotga qaytmaydi.

«...Ey Robbim! Meni (yana hayotga) qaytaringlar.  Shoyad, men tark etgan joyim (dunyo)da yaxshi amal qilsam, deb qolur. Yo‘q! (U aslo qaytarilmas). Bu haqiqatan u aytuvchi bo‘lgan so‘zdir. Ularning ortida, to qayta tiriladigan kunlarigacha (ikki dunyo o‘rtasini to‘sib turadigan) bir to‘siq bordir»[4].


Hasson Shamsiy Poshoning
“Jannat bo‘stonidagi oilaviy oqshomlar” 
nomli kitobidan
G‘iyosiddin Habibulloh, Ilhom Ohund, Abdulbosit Abdulvohid tarjimasi.


[1]  Imom Muslim rivoyati.
[2]  Labbayka Allohumma labbaykani aytish.
[3]  “Unutilmas qissalar” kitobidan.
[4]  Mu’minun surasi, 99–100-oyatlar.

 

Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Bolalar xavfsizligi kafolatlandi

14.10.2026   9824   1 min.
Bolalar xavfsizligi kafolatlandi

Yosh bolaga nisbatan zo‘ravonlikka aslo toqat qilib bo‘lmaydi, jazo esa muqarrar va murosasiz bo‘lishi shart. O‘zbekiston Prezidenti birdaniga 5 ta kodeks va 6 ta qonunga o‘zgartirishlar kiritishni nazarda tutuvchi qonunni imzoladi.

Bolaga zulm qilgan, unga jismoniy yoki ruhiy azob bergan har bir kimsa — u xoh ta’lim muassasasi xodimi bo‘lsin, xoh yaqin qarindoshi — javobgarlikka tortiladi. Bolaning o‘limiga sabab bo‘lgan jinoyatlar uchun berilgan jazo aslo yengillashtirilmaydi.

Bundan buyon 14 yoshga to‘lmagan bolaga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik sodir etgan shaxslarga 25 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish yoki umrbod qamoq jazosi tayinlanadi. Bunday og‘ir jinoyatlar bo‘yicha javobgarlikka tortish muddatida cheklov bo‘lmaydi.

Yosh bolaning xavfsizligi shart-sharoit yoki vaziyatlarga bog‘liq bo‘lishi mumkin emas. Bolalar hayoti, sog‘lig‘i, or-nomusiga tajovuz qilgan har qanday kimsa qat’iy jazodan qochib qutula olmasligini bilishi shart.

https://t.me/SShMirziyoyeva/4418 

O'zbekiston yangiliklari