Bugungi kunda noqonuniy umra faoliyati bilan shug‘ullanayotgan turfirmalar Turizm qo‘mitasi va boshqa tashkilotlar tomonidan taqdim etiladigan sayohat qilish imkonini beruvchi litsenziyasini ko‘rsatib, fuqarolarni aldab umra faoliyati bilan shug‘ullanib kelmoqda.
Qonunchilikka ko‘ra, "Umra" tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish faoliyati uchun talab qilinadigan litsenziya siz videoda ko‘rib turgan shaklda bo‘lishi talab etiladi.
Din ishlari bo‘yicha qo‘mita
Axborot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi arafasida “Vaqf” xayriya jamoat fondining Jizzax viloyati filiali tomonidan xayriya tadbiri tashkil etildi.
Viloyatning turli hududlaridan bo‘lgan boquvchisini yo‘qotgan 35 nafar bolaning xatna to‘yi qilib berildi.
Tadbirda bolajonlarga velosiped, kostyum-shim va ko‘ylaklar, shirinliklar qutisi sovg‘a qilinib, bayram dasturxoni yozildi.
Bolajonlarga qo‘shilib, ularning yaqinlari ham quvonchdan tashakkur aytib, tashkilotchilar, Yurtboshimiz haqlariga duolar qilishdi.
Shuningdek, tadbir doirasida ijtimoiy himoyaga muhtoj, boquvchisini yo‘qotgan hamda kam ta’minlangan oilalar farzandlariga e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatilib, ularga ham hadyalar ulashildi.
Bunday ezgu tashabbuslar jamiyatda o‘zaro mehr-oqibat, saxovat va hamjihatlik muhitini mustahkamlash, yosh avlod qalbida Vatanga muhabbat va insonparvarlik tuyg‘ularini yuksaltirishga xizmat qiladi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati