Sayt test holatida ishlamoqda!
06 Yanvar, 2026   |   17 Rajab, 1447

Toshkent shahri
Tong
06:24
Quyosh
07:49
Peshin
12:34
Asr
15:28
Shom
17:13
Xufton
18:31
Bismillah
06 Yanvar, 2026, 17 Rajab, 1447

Samarqanddagi Registon maydoni dunyodagi eng go‘zal 44 ta joy qatoriga kiritildi.

16.04.2025   8716   1 min.
Samarqanddagi Registon maydoni dunyodagi eng go‘zal 44 ta joy qatoriga kiritildi.

“TimeOut” jurnali dunyo bo‘ylab tajribali sayohatchilarning fikrlarini to‘plab, ular tashrif buyurgan eng go‘zal joylar haqida so‘zlab berdi. Natijada, sayyoramizning eng ajoyib go‘shalariga yo‘l ko‘rsatuvchi qo‘llanma sifatida foydalanish mumkin bo‘lgan ro‘yxat tuzildi.

 

Samarqandga tashrif buyurgan sayohatchilar Registon maydonini shunday ta’riflashadi:

 

"Uchta ulug‘vor inshoot bilan o‘ralgan keng maydon - Registon Samarqandning qadimiy qalbi, zamonaviy O‘zbekistondagi Ipak yo‘li shahrining timsoli hisoblanadi.

 

Registonning XV-XVII asrlarda qurilgan uchta madrasasi ravoqli peshtoqlari, yaltiroq gumbazlari va baland minoralari bilan manzarani tasvirlab beradi. Ular g‘isht, koshin va mozaikalardan yasalgan geometrik naqshlar bilan bezatilgan.

 

Bu binolar ulug‘vorligi va nafosat uyg‘unligida, maftunkorligi va mehmondo‘stligi bilan ajralib turadi. Qosh qorayishi bilan esa ular butun go‘zalligini namoyon etib, nurga burkanadilar".

 

"TimeOut" - Londonda joylashgan xalqaro kompaniya bo‘lib, dunyoning 60 ta shahrida ko‘ngilochar va madaniy hayot haqida aynan shu nomdagi haftalik jurnalni nashr etadi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Farzandi ta’limiga e’tiborli ota-onalar e’tirof etildi (foto+)

05.01.2026   1590   1 min.
Farzandi ta’limiga e’tiborli ota-onalar e’tirof etildi (foto+)

 Toshkent islom institutida o‘qish jarayonida bilimga chanqoqligi, faolligi, mas’uliyati hamda namunaviy xulqi bilan ajralib turgan talabalarning ota-onalariga institut nomidan tashakkurnomalar taqdim etildi. Mazkur tashakkurnomalar talabalar orqali ota-onalariga yetkazildi.
 

 Ushbu tashabbus orqali institut tomonidan ota-onalarning farzand ta’limi va tarbiyasiga bo‘lgan e’tibori, mas’uliyati hamda fidoyi sa’y-harakatlari yuksak e’tirof etildi.


Ta’kidlanganidek, bugungi kunda yoshlarning nafaqat chuqur bilim egallashi, balki yuksak ma’naviyatli, odobli va jamiyatda munosib o‘rin egallagan shaxs bo‘lib kamol topishida oilaning, xususan, ota-onaning o‘rni beqiyosdir. Ana shu hamjihatlik va o‘zaro hamkorlik samarasida talabalar ta’lim-tarbiyada yuqori natijalarga erishib, institut nufuzini oshirib kelmoqda.


Toshkent islom instituti jamoasi bunday tashakkurnomalarni yo‘llash amaliyotini kelgusida ham davom ettirib, ota-onalar bilan hamkorlikni yanada mustahkamlash hamda yoshlarni har tomonlama yetuk insonlar etib tarbiyalashni maqsad qilgan. 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi 
Matbuot xizmati

Farzandi ta’limiga e’tiborli ota-onalar e’tirof etildi (foto+) Farzandi ta’limiga e’tiborli ota-onalar e’tirof etildi (foto+) Farzandi ta’limiga e’tiborli ota-onalar e’tirof etildi (foto+) Farzandi ta’limiga e’tiborli ota-onalar e’tirof etildi (foto+) Farzandi ta’limiga e’tiborli ota-onalar e’tirof etildi (foto+) Farzandi ta’limiga e’tiborli ota-onalar e’tirof etildi (foto+) Farzandi ta’limiga e’tiborli ota-onalar e’tirof etildi (foto+) Farzandi ta’limiga e’tiborli ota-onalar e’tirof etildi (foto+) Farzandi ta’limiga e’tiborli ota-onalar e’tirof etildi (foto+)
O'zbekiston yangiliklari