Sayt test holatida ishlamoqda!
22 Noyabr, 2026   |   12 Jumadul soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
05:56
Quyosh
07:14
Peshin
12:14
Asr
15:17
Shom
17:02
Xufton
18:18
Bismillah
22 Noyabr, 2026, 12 Jumadul soni, 1448

Agar so'z dildan chiqsa

06.03.2024   980   1 min.
Agar so'z dildan chiqsa

Mavlono Muzaffar Husayn Sohib kitob ko'rib, keyin va'z qilar edilar. Ma'ruzani kitobga qarab o'qib berar ekanlar. Magar, jamoatga juda ham hayratlarini qo'zg'aydigan darajada qattiq ta'sir qilar edi. Odamlar bu ta'sirni sababini so'rashganida aytganlarki, qachon men biror gap gapiradigan bo'lsam, ich-ichimdan orzuim, tamannoim shunday bo'ladiki, hamma odam shunga muvofiq amal qilsa edi, deyman. Sahih gap shu: “Har chi az dil he zad bar dil re zad”. "Dildan chiqqan narsa dilga quyiladi" degan gap, to'g'ri gap. Va'z va nasixatni ta'sir qilishligida va'z qiluvchini va nasihatchini xayrihohligi va dilidan talabalarni isloh bo'lishligi eng katta shartlardandir.

Yorqinjon Fozil rahimahulloh

 

Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Xalqaro anjuman ishtirokchilari Hakim Termiziy maqbarasini ziyorat qildilar

20.11.2026   82031   1 min.
Xalqaro anjuman ishtirokchilari Hakim Termiziy maqbarasini ziyorat qildilar

Bugun, 20 noyabr kuni Termiz shahrida o‘tkazilgan «Hakim Termiziy ilmiy-ma’naviy merosining bugungi kundagi ahamiyati» mavzusidagi xalqaro konferensiya ishtirokchilari buyuk mutafakkir majmuasida bo‘ldilar.

Xorijiy davlatlardan tashrif buyurgan muftiylar, taniqli ulamo va islomshunos olimlar hamda mahalliy soha vakillari muqaddas qadamjoda Qur’oni karim tilovat qilib, ulug‘ muhaddis va mutasavvif haqlariga duoi fotiha o‘qidilar. Butun dunyoda tinchlik-osoyishtalik barqaror bo‘lishi, yurtimiz yanada obodlashib, ajdodlarga munosib avlodlar yetishib chiqishini so‘rab xayrli duolar qilindi.

Mehmonlar mahobatli maqbara, serfayz hovli hamda majmuada amalga oshirilgan keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari bilan yaqindan tanishdilar.

Ular O‘zbekistonda diniy-ma’rifiy sohadagi islohotlar va allomalar merosiga ko‘rsatilayotgan yuksak ehtiromga yuqori baho berdilar.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari