Sayt test holatida ishlamoqda!
22 Noyabr, 2026   |   12 Jumadul soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
05:56
Quyosh
07:14
Peshin
12:14
Asr
15:17
Shom
17:02
Xufton
18:18
Bismillah
22 Noyabr, 2026, 12 Jumadul soni, 1448

Vafodor do'st

06.03.2024   1447   4 min.
Vafodor do'st

Hasan Basriy rahimahulloh aytadi: “Do'stu birodarlaringiz bilan yaqin aloqalar o'rnatingiz, zero, vafodor do'st nur sochuvchi chiroq kabidir. Uning nurini dunyo sizga tamoman qorong'u bo'lgandagina his qilasiz”.

Bir hakim zotdan so'rashgan ekan: “Hayotingizda ko'rgan eng chiroyli kishi, eng yaxshi kishi kim?”.

U kishi: “Hamma ayblarimni ko'ra turib, meni yaxshi ko'rishda davom etgan odamdan-da chiroylisini ko'rmaganman”, debdilar.

Adashsangiz sizni to'g'ri yo'lga boshlaydigan, bilmasangiz o'rgatadigan, g'oyib bo'lsangiz sizni qidirib qoladigan, g'aflatda qolsangiz sizga Allohni eslatadigan, hayot sizga zulmatli bo'lganda Alloh taolodan keyin suyanadigan do'st qidiring!

Hakimlardan biri aytadi: “Sakkiz toifa odamlar bilan birga yurgan odamga Alloh sakkiz narsa beradi:

Kimki boylar bilan birga yursa, Alloh uning dunyoga muhabbatini, qiziqishini ziyoda qiladi;

Kimki kambag'allar bilan birga yursa, Alloh o'zining taqsimotiga, bergan rizqiga roziligini ziyoda qiladi;

Kimki hokimlar, podshohlar bilan birga yursa Alloh uning kibrini, qalbi qattiqligini ziyoda qiladi;

Kimki ayollarga aralashib yursa Alloh uning nodonligini va shahvatini ziyoda qiladi;

Kim yosh bolalar bilan yursa Alloh uning bekorchiligini, hazil-huzulini ko'paytiradi;

Kim fosiqlar bilan yursa, Alloh uning gunoh-ma'siyatlarga jur'atini hamda tavbani kechiktirishini ziyoda qiladi;

Kimki solihlar davrasida o'tirsa, Alloh toat-ibodatlarga rag'batini oshiradi;

Kimki ulamolar bilan birga yursa, Alloh ilmini va taqvosini ziyoda etadi”.

Solih zotlardan biridan so'rashgan ekan: “Biz bilan Rahmon o'rtasida nima bor?”.

U kishi debdi: “Birodaring haqqiga duoi xayr qilmoq bor”.

Ya'ni, birodaring haqqiga duoi xayr qilishing seni Allohga yaqinlashtiradi.

Ummu Dardo roziyallohu anho rivoyat qiladilar: Abu Dardo bunday dedi: “Musulmon bandaning uxlab yotganda ham gunohi kechiriladi”. Men hayron bo'lib so'radim: “Ey Abu Dardo, qanday qilib u uxlab yotsa-yu gunohi kechiriladi?”.

U: “Birodari tahajjudga turib Allohga duo qiladi va Alloh duosini ijobat qiladi. Birodarining haqqiga ham duo qiladi, Alloh uni ham ijobat qiladi”, deb javob berdi.

Millionlab odamlar mana shunday duolarga muhtoj emasmi?! Shunday ekan tahajjudga turganingizda birodarlaringiz haqqiga duo qiling!

Doktor Hasson Shamsi Poshoning "Metin qoyalar" kitobidan

G'iyosiddin Habibulloh, Ne'matulloh Isomov tarjimasi.

 

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Xalqaro anjuman ishtirokchilari Hakim Termiziy maqbarasini ziyorat qildilar

20.11.2026   81686   1 min.
Xalqaro anjuman ishtirokchilari Hakim Termiziy maqbarasini ziyorat qildilar

Bugun, 20 noyabr kuni Termiz shahrida o‘tkazilgan «Hakim Termiziy ilmiy-ma’naviy merosining bugungi kundagi ahamiyati» mavzusidagi xalqaro konferensiya ishtirokchilari buyuk mutafakkir majmuasida bo‘ldilar.

Xorijiy davlatlardan tashrif buyurgan muftiylar, taniqli ulamo va islomshunos olimlar hamda mahalliy soha vakillari muqaddas qadamjoda Qur’oni karim tilovat qilib, ulug‘ muhaddis va mutasavvif haqlariga duoi fotiha o‘qidilar. Butun dunyoda tinchlik-osoyishtalik barqaror bo‘lishi, yurtimiz yanada obodlashib, ajdodlarga munosib avlodlar yetishib chiqishini so‘rab xayrli duolar qilindi.

Mehmonlar mahobatli maqbara, serfayz hovli hamda majmuada amalga oshirilgan keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari bilan yaqindan tanishdilar.

Ular O‘zbekistonda diniy-ma’rifiy sohadagi islohotlar va allomalar merosiga ko‘rsatilayotgan yuksak ehtiromga yuqori baho berdilar.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari