Ibn Mas’ud roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Albatta Alloh taolo rizqlaringizni taqsimlaganidek, xulqlaringizni ham taqsimlagan. Alloh taolo dunyoni yaxshi ko‘rgan va yaxshi ko‘rmagan bandasiga ham beraveradi. Ammo dinni faqat O‘zining suygan bandasiga beradi. Kimga dinni ato etgan bo‘lsa, batahqiq uni yaxshi ko‘ribdi", dedilar.
Buxoro viloyati bosh imom-xatibi Jobir domla Elov juma tashrifi asnosida Romitan tumanidagi «Afrosiyob» mahallasida joylashgan «Hazrati Umar» masjidiga tashrif buyurdilar.
Tashrif davomida masjid uchun yangi tahoratxona qurilishiga ilk g‘isht qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi.
2023 yil avgust oyida boshlangan masjid qurilishi loyihasi 5 ming namozxonga mo‘ljallangan bo‘lib, majmuada minora, gumbaz, kutubxona, ma’muriy binolar, avtoturargoh va yashil hududlar barpo etilishi ko‘zda tutilgan.
Marosimda xayrli ishlarga hissa qo‘shayotgan saxovatli insonlar haqqiga duolar qilindi.
Alloh taolo barcha xayrli ishlarga baraka bersin!
O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati