Cavol: Bizda uy qurmoqchi bo'lganlar tsement, shifer, g'isht sotuvchilar bilan kelishib avvaldan pul berib qo'yishadi. Masalan, tsementning kilosi 1000 so'm bo'lsa, oldindan pul berilayotgani uchun 900 so'mdan beriladi. Oladigan vaqt kelganda narx 1200 so'm bo'lishi mumkin. Shunday kelishish mumkinmi?
Javob: Bismillahir Rohmanir Rohim. Siz aytgan kelishuv “Salam” savdosi deyiladi va bu durust savdo hisoblanadi.
Ibn Abbos raziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam Madinaga kelganlarida odamlar mevalar uchun bir yil yoki ikki yilga pul olardilar. U zot alayhissalom: “Kim xurmo uchun qarz olsa, ma'lum kayl (o'lchov idishi)ga, ma'lum og'irlikka va ma'lum vaqtga olsin”, dedilar (Imom Buxoriy rivoyati).
Salam savdosida rioya qilinishi kerak bo'lgan bir nechta shartlari bor. Bu savdoda sotilayotgan mahsulot tsement singari kilolab, suv, sut singari litrlab, mato singari metrlab sotiladigan yoki g'isht, tuxum kabi deyarli bir-biridan farq qilmaydigan mahsulot bo'lishi kerak. Siz aytgan uchala mahsulot ham bu shartga to'g'ri keladi.
Sotilayotgan mahsulot yuqoridagi shartga to'g'ri kelgach, unda salam bitimini tuzish uchun quyidagi jihatlari ma'lum bo'lishi kerak:
Shuningdek, mahsulot ikki tomon kelishgan vaqtdan boshlab, topshiriladigan kungacha odamlarda yoki bozorlarda mavjud bo'lishi lozim. Chunki to'lash muddati kelganda sotuvchi uni topib bera olishi kerak.
“Salam savdosi Muslam fih(sotib olinayotgan mahsulot) kelishuv vaqtidan boshlab, topshirish muddatigacha mavjud bo'lsagina joiz bo'ladi”. (“Javharatun nayyira”).
Siz aytgan holatda ikki tomon mazkur shartlarga rioya qilib, kelishuvga erishsalar, qilgan savdolari shar'an to'g'ri bo'lgan hisoblanadi. Bu holatda kelishilgan narx o'z kuchida qoladi. Narxning tushib ketishi yoki oshib ketishi bu kelishuvga ta'sir qilmaydi. Vallohu a'lam.
O'zbekiston musulmonlari idorasiFatvo markazi.
Bugun, 20 noyabr kuni Termiz shahrida o‘tkazilgan «Hakim Termiziy ilmiy-ma’naviy merosining bugungi kundagi ahamiyati» mavzusidagi xalqaro konferensiya ishtirokchilari buyuk mutafakkir majmuasida bo‘ldilar.
Xorijiy davlatlardan tashrif buyurgan muftiylar, taniqli ulamo va islomshunos olimlar hamda mahalliy soha vakillari muqaddas qadamjoda Qur’oni karim tilovat qilib, ulug‘ muhaddis va mutasavvif haqlariga duoi fotiha o‘qidilar. Butun dunyoda tinchlik-osoyishtalik barqaror bo‘lishi, yurtimiz yanada obodlashib, ajdodlarga munosib avlodlar yetishib chiqishini so‘rab xayrli duolar qilindi.
Mehmonlar mahobatli maqbara, serfayz hovli hamda majmuada amalga oshirilgan keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari bilan yaqindan tanishdilar.
Ular O‘zbekistonda diniy-ma’rifiy sohadagi islohotlar va allomalar merosiga ko‘rsatilayotgan yuksak ehtiromga yuqori baho berdilar.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati