Sayt test holatida ishlamoqda!
23 Iyun, 2025   |   27 Zulhijja, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:05
Quyosh
04:50
Peshin
12:30
Asr
17:41
Shom
20:03
Xufton
21:42
Bismillah
23 Iyun, 2025, 27 Zulhijja, 1446

Prezidentimiz anjuman ishtirokchilariga tabrik yo‘lladi

30.04.2025   16736   1 min.
Prezidentimiz anjuman ishtirokchilariga tabrik yo‘lladi

Ayni damda “Moturidiylik – bag‘rikenglik, mo‘tadillik va ma’rifat ta’limoti”  mavzusidagi xalqaro anjuman qizg‘in davom etmoqda.  

Tadbir avvalida Qur’on oyatlari tilovat qilindi.

Shundan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning xalqaro konferensiya ishtirokchilariga tabrigini Prezident maslahatchisi Ruslanbek Davletov o‘qib eshittirdi.

Tabrikda Prezidentimiz qatnashchilarni ulug‘ allomalar yurtiga tashrifi va nufuzli tadbirdagi ishtiroki bilan qutlab, buyuk vatandoshimiz asos solgan moturidiylik maktabi va ta’limoti e’tiqod borasida asrlar davomida bag‘rikenglik, mo‘tadillik va ma’rifat timsoli bo‘lib kelayotganini alohida qayd etgan. 

Shuningdek, mamlakatimizda Islom sivilizatsiyasi markazi, Imom Buxoriy, Imom Moturidiy, Imom Termiziy kabi buyuk allomalarimiz nomlari bilan ataladigan xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari, O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi faoliyat ko‘rsatayotgani, jumladan, Imom Moturidiyning “Ta’vilot al-Qur’on” va “Kitob at-tavhid” kitoblari ilk marta o‘zbek tiliga tarjima qilinib, keng jamoatchilik e’tiboriga havola etilgani ta’kidlab o‘tilgan. 

O‘z navbatida anjuman ishtirokchilariga o‘z hayotini ana shunday ezgu ishga bag‘ishlab kelayotgani, Imom Moturidiy va O‘zbekiston zaminidan yetishib chiqqan boshqa ulug‘ allomalarimizning boy ilmiy-diniy merosini o‘rganish yo‘lidagi mashaqqatli mehnati, izlanish va tadqiqotlari uchun samimiy minnatdorlik bildirib, ularga sihat-salomatlik, kelgusi faoliyatida yangi yutuqlar va konferensiya ishiga muvaffaqiyat tilagan. 

Anjuman ishtirokchilari Prezidentimizning tabrigi va iliq tilaklaridan bag‘oyat mamnun bo‘lishdi. 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
 

Prezidentimiz anjuman ishtirokchilariga tabrik yo‘lladi Prezidentimiz anjuman ishtirokchilariga tabrik yo‘lladi Prezidentimiz anjuman ishtirokchilariga tabrik yo‘lladi Prezidentimiz anjuman ishtirokchilariga tabrik yo‘lladi Prezidentimiz anjuman ishtirokchilariga tabrik yo‘lladi Prezidentimiz anjuman ishtirokchilariga tabrik yo‘lladi Prezidentimiz anjuman ishtirokchilariga tabrik yo‘lladi Prezidentimiz anjuman ishtirokchilariga tabrik yo‘lladi Prezidentimiz anjuman ishtirokchilariga tabrik yo‘lladi
MAQOLA
Boshqa maqolalar

Oldingi safdagi namozxonning beliga sajda qilish mumkinmi?

23.06.2025   797   1 min.
Oldingi safdagi namozxonning beliga sajda qilish mumkinmi?

Savol: Biz tomonlarda qattiq yomg‘ir yog‘ib, Juma va ikki hayit namozlarida odamlar tashqarida namoz o‘qiy olmay, masjid ichiga tiqilib ketadi. Sunnatni almashib o‘qib olishadi, ammo farz namozda buning imkoni yo‘q-ku. Bu holatda qanday yo‘l tutiladi?

Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Bu kabi uzrli hollarda ya’ni savolda zikr qilinganidek, Juma va ikki hayit namozlarida orqadagilar oldingi safdagi namozxonlarning bellariga sajda qilib, namozni ado etsalar bo‘ladi.

Buning kayfiyati shunday: Avvalgi safdagilar odatdagidek ruku va sajda qiladilar. Ularning orqasidagilar esa, rukuda imkon qadar egiladilar, so‘ng sajdada oldingi safdagi odamlarning orqa bellariga boshlarini qo‘yib, sajda qiladilar. Farzni shunday o‘qisalar, sunnatlarni savolda aytilgandek almashib o‘qib olaveradilar. Chunki belga sajda qilish zarurat tufayli joiz bo‘ladi. Sunnat namozni o‘qishda esa, bunday zarurat bo‘lmaydi.

Bundan tashqari, bu kabi uzrli holatlarda oldindagi odamning oyoqlari ustiga yoki o‘zining soniga ham sajda qilish mumkin. Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.