Sayt test holatida ishlamoqda!
06 Yanvar, 2026   |   17 Rajab, 1447

Toshkent shahri
Tong
06:24
Quyosh
07:49
Peshin
12:34
Asr
15:28
Shom
17:13
Xufton
18:31
Bismillah
06 Yanvar, 2026, 17 Rajab, 1447

Buxorolik bo‘lg‘usi hojilar ulug‘ safarga tayyorlanmoqda

05.05.2025   7041   1 min.
Buxorolik bo‘lg‘usi hojilar ulug‘ safarga tayyorlanmoqda

#Yangiliklar #Haj_2025

O‘zbekiston musulmonlari idorasining Buxoro viloyati vakilligi tashabbusi bilan Buxoro shahridagi “Abu Hafs Kabir” jome masjidida Haj va umraga oid darslar o‘tkazildi.

“Mir Arab” o‘rta maxsum islom ta’lim muassasasi mudiri  Jaloliddin domla Saburov va Erkin domla Qudratov bu yil haj safariga ketayotgan navbatdagi guruh a’zolari va tayinlangan ellikboshilar ishtirok etdi.

Ma’ruzada haj qoidalari, ularni buzish oqibatlari, safar odoblari, musofir kishining ibodati, safarga tayyorgarlik va unda e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan ko‘rsatmalar xususida to‘xtalib o‘tdi. Shuningdek, amaliyotga oid maslahatlarni bayon etdi.

Dars mobaynida ishtirokchilarni qiziqtirgan aqidaviy, fiqhiy va diniy-ijtimoiy mavzulardagi savollarga ustozlar tomonidan atroflicha javoblar berildi.

Alloh taolo Haj safariga otlanayotgan hamyurtlarimizning safarini xayrli qilsin, ulug‘ ibodatni bekamu-ko‘st ado etish barchamizga nasib etsin!

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Buxoro viloyati vakilligi

Matbuot xizmati

Buxorolik bo‘lg‘usi hojilar ulug‘ safarga tayyorlanmoqda Buxorolik bo‘lg‘usi hojilar ulug‘ safarga tayyorlanmoqda Buxorolik bo‘lg‘usi hojilar ulug‘ safarga tayyorlanmoqda Buxorolik bo‘lg‘usi hojilar ulug‘ safarga tayyorlanmoqda
Boshqa maqolalar

Aksa urganda va esnaganda bajariladigan sunnatlar

10.12.2025   7132   2 min.
Aksa urganda va esnaganda bajariladigan sunnatlar

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollollohu alayhi vasallam: “Aksa urish Alloh taolodan, esnash esa shaytondandir. Shuning uchun qachon birortangiz esnasa, qo‘lini og‘ziga qo‘ysin. Agar (esnagan paytda): “ooh, ooh” desa, shayton uning ichida kuladi. Alloh taolo aksa urishni yaxshi ko‘radi, esnashni yomon ko‘radi”, dedilar (Imom Termiziy rivoyati).

1. Aksirganda qo‘li yo kiyimini og‘ziga qo‘yish.

Abu Hurayra roziyallohu anhu rivoyat qiladi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aksirganlarida qo‘llarini yoki kiyimlarini og‘zilariga qo‘yardilar va u bilan ovozlarini pasaytirardilar” (Imom Abu Dovud, Imom Termiziy rivoyati).

Ushbu sunnatga amal qilish tufayli aksirgan paytda yonidagi kishilarga aziyat berishdan saqlangan bo‘ladi.


2. Aksirganda ovozini pasaytirish.

Aksirishda juda baland ovoz chiqarish odobsizlikdir. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Sizlardan biringiz aksirsa, ikki kaftini og‘ziga qo‘ysin va ovozini pasaytirsin”, dedilar (Imom Abu Dovud rivoyati).


3. Aksirgandan keyin Allohga hamd aytish.

Aksirgandan keyin Allohga hamd aytish. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Sizlardan biringiz aksirsa “alhamdu lillah” (Allohga hamd bo‘lsin), deb aytsin. Uning birodari esa, unga “yarhamukalloh” (Alloh senga rahm qilsin), desin. Birodari unga “yarhamukalloh”, deb aytsa, u “yahdiykumullohu va yuslihu balakum (Alloh sizlarni hidoyat qilsin va ishlaringizni isloh qilsin), deb aytsin”, dedilar (Imom Buxoriy rivoyati).


4. Aksirib Allohga hamd aytgan kishiga “tashmit” aytish. Musulmon kishining haqlaridan biri aksirganda unga tashmit aytish hisolanadi. Aksirgandan so‘ng Allohga hamd aytgan kishiga “Yarhamukalloh”, deb aytishdir.Tashmit aytish uchun, aksirgan odam Allohga hamd aytishi kerak bo‘ladi.

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Sizlardan biringiz aksirsa “alhamdulillah”(Allohga hamd bo‘lsin), deb aytsin. Uning birodari esa, unga “yarhamukalloh” (Alloh senga rahm qilsin), desin. Birodari unga “yarhamukalloh”, deb aytsa, u “yahdiykumullohu va yuslihu balakum”(Alloh sizlarni hidoyat qilsin va ishlaringizni isloh qilsin), deb aytsin”, dedilar (Imom Buxoriy rivoyati).

Davron NURMUHAMMAD