Arab davlatining Bosniya va Gertsegovinadagi elchixonasi tomonidan taqdim etilgan Saudiya Arabistoni Islom ishlari, da’vat va hidoyat vazirligi dastlabki bosqichni o‘tkazdi. Bu Kosovo Respublikasidagi Islom shayxligi va Saudiya Arabistonining Albaniya Respublikasidagi elchixonasi bilan hamkorlikda uchinchi marotaba tashkil etilgan tadbirdir.
Musobaqada Kosovo, Albaniya, Bosniya va Gersegovina, Chernogoriya, Shimoliy Makedoniya, Italiya, Turkiya, Gretsiya, Bolgariya, Chexiya, Kipr, Sloveniya, Xorvatiya, Ruminiya, Serbiya, Estoniya, Belarusiya, Rossiya, Gruziya, San-Mariya va Uzbekiston kabi 22 davlatdan 2350 nafar da’vogarlar ishtirok etdi.
8-11 may kunlari Kosovo poytaxti Prishtina shahrida bo‘lib o‘tadigan final bosqichiga jami 160 nafar ishtirokchi yo‘llanma oldi va ular besh toifa bo‘yicha kurash olib boradi.
quranuz
Joriy yilning 6 may kuni Mir Arab oliy madrasasida O‘zbekiston musulmonlari idorasi tizimidagi diniy ta’lim muassasalari rahbarlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Unda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari D.Maxsudov, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari M.Muhammadsidiqov, diniy ta’lim muassasalari rahbarlari ishtirok etdi.
Yig‘ilishda ta’lim sohasini yanada yaxshilash, kadrlar salohiyatini oshirish, o‘quv-me’yoriy va uslubiy jihatdan takomillashtirish, mavjud fanlarni, xususan ijtimoiy-gumanitar va fanlarni o‘qitish sifatini yuqori bosqichga olib chiqish, o‘qituvchilar metodologiyasini mustahkamlash, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni kuchaytirish kabi masalalar muhokama qilindi.
Majlis davomida ta’lim muassasalari misolida amalga oshirilish lozim bo‘lgan masalalar o‘rtaga tashlanib, mavjud muammolarni bartaraf etish choralari bo‘yicha taklif va tavsiyalar berildi.