Sayt test holatida ishlamoqda!
23 Avgust, 2025   |   29 Safar, 1447

Toshkent shahri
Tong
04:15
Quyosh
05:40
Peshin
12:31
Asr
17:12
Shom
19:14
Xufton
20:32
Bismillah
23 Avgust, 2025, 29 Safar, 1447

Bo‘sh qutining hikmati

06.05.2025   7751   1 min.
Bo‘sh qutining hikmati

Uch yashar qizi uyni betartib qilib tashlagani uchun otasi unga qattiqroq tanbeh berdi. Ertasiga qizi otasiga bir quti hadya qildi. Otasi bo‘sh qutini ko‘rib, qizining bu ishini tushunolmadi va: “Bu nimasi, qizim, meni masxara qilyapsanmi?” dedi. Qizi esa: “Kecha meni urishgan paytingiz sizga aytishdan qo‘rqib shu qutini ochdim va ichiga sizni yaxshi ko‘rishimni aytib, og‘zini berkitib qo‘ydim. Bugun jahlingiz chiqmay turgani uchun olib kelib berdim”, dedi. Shunda ota xato yo‘l tutayotganini anglab yetdi. Qizini opichladi. Uning bundan naqadar xursand bo‘lgani ko‘z oldida qoldi. 
 

Oradan yillar o‘tsa-da, ishi yurishmasa yo kayfiyati bo‘lmasa o‘sha kunni eslab, bo‘sh qutini ochib qararkan, tashvishlarini unutdi.


Darhaqiqat, qiz farzand otasiga o‘g‘il farzanddan ham ko‘proq mehrli bo‘lishar ekan. Hadislarda bir qiz farzandni bo‘lsa-da, tarbiyalab o‘stirgan otaga jannat bashorati berilgani bejizmas ekan.


Alloh bergan bu ne’matlarning qadriga yetaylik. Zero, qancha odamlar, o‘g‘il bo‘lsin, qiz bo‘lsin – ko‘p yillar davomida farzand ne’matiga zor. 

Akbarshoh RASULOV

Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Ta’limga e’tibor – kelajakka e’tibor

19.08.2025   10100   1 min.
Ta’limga e’tibor – kelajakka e’tibor

#KUN_IMOMI

Yoshlar ta’lim-tarbiyasi uchun sarflangan mablag‘ kelajakka yotqizilgan sarmoyadir. O‘quvchilarning ta’lim olishlariga shart-sharoit yaratib berishning savobi ulug‘.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Toshkent shahar vakilligi rahbariyati tashabbusi bilan 2025 yil 18  avgust kuni poytaxtimizning Yangi hayot tumanidagi «Niyozmat ota» jome masjidi imom-xatibi homiylarni jalb qilgan holda ehtiyojmand oilalarning 30 nafar o‘quvchi-yoshlariga qiymati 500.000 so‘m, jami 15 million so‘mlik zarur kiyim-kechak, o‘quv qurollari  va maktab sumkalari hadya qildi.

Sovg‘alarni olgan bolalarning ko‘zlaridagi quvonchni ko‘rgan kishining kelajakka ishonchi yanada oshishi tayin.

Alloh taolo ehsonlarni qabul qilsin.

O‘quvchilarning o‘qishlariga muvafaqiyatlar ato etsin.

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Toshkent shahar vakilligi

Matbuot xizmati


 

O'zbekiston yangiliklari