Sayt test holatida ishlamoqda!
04 Sentabr, 2025   |   12 Rabi`ul avval, 1447

Toshkent shahri
Tong
04:31
Quyosh
05:52
Peshin
12:27
Asr
16:58
Shom
18:55
Xufton
20:10
Bismillah
04 Sentabr, 2025, 12 Rabi`ul avval, 1447

G‘olib o‘qituvchi haj yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi

07.05.2025   17076   1 min.
G‘olib o‘qituvchi haj yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi

Kecha, 6 may kuni Buxoro shahridagi Mir Arab oliy madrasasida “Yilning eng yaxshi islom tarixi o‘qituvchisi” musobaqasi bo‘lib o‘tdi.  Unda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Muhammadolim domla Muhammadsiddiqov, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari Davronbek Maxsudov, viloyat bosh imom-xatibi, Mir Arab oliy madrasasi rektori Jobir domla Elov, hay’at a’zolari, ta’lim muassasalari rahbarlari, pedagog-o‘qituvchilar ishtirok etdi. 

Musobaqa davomida ishtirokchilar 4 ta shart bo‘yicha bahs olib bordi. Ularning chiqishini malakali hakamlar hay’ati baholab bordi. 

Yakuniy natijalarga ko‘ra quyidagilar g‘olib deb topildi: 

1-o‘rin: “Sayyid Muhyiddin maxdum” o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi o‘qituvchisi Muhammadyahyoxon Mahmudov 1-darajali diplom, “Haj” safari yo‘llanmasi va smart televizor bilan mukofotlandi.

2-o‘rin: Toshkent islom instituti o‘qituvchisi Xalilulloh Yusupov, 2-darajali diplom, “Umra” safari yo‘llanmasi va smart televizor bilan taqdirlandi.

3-o‘rin: Hadis ilmi maktabi o‘qituvchisi Sanjar Berdiyevga 3-darajali diplom va zamonaviy muzlatgich taqdim etildi. 

Tanlovning qolgan 10 nafar ishtirokchisiga faxriy yorliq va qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.

Aytish joizki, ushbu tanlov O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi oliy va o‘rta maxsus diniy ta’lim muassasalari pedagog-o‘qituvchilari o‘rtasida har yili o‘tkazib kelinmoqda.  

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

G‘olib o‘qituvchi haj yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi G‘olib o‘qituvchi haj yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi G‘olib o‘qituvchi haj yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi G‘olib o‘qituvchi haj yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi G‘olib o‘qituvchi haj yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi G‘olib o‘qituvchi haj yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi G‘olib o‘qituvchi haj yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi G‘olib o‘qituvchi haj yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi G‘olib o‘qituvchi haj yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Makkada ziyoratchilar umra amalini ado etib, muborak maskanlar ziyorati va ilmiy suhbatlardan bahra olmoqda

03.09.2025   1186   1 min.
Makkada ziyoratchilar umra amalini ado etib, muborak maskanlar ziyorati va ilmiy suhbatlardan bahra olmoqda

#Umra_2025 #Haj_umra_markazi

Dastlab “Umra – 2025/2026” mavsumining navbatdagi guruh ziyoratchilari ixlos va zavq ila umra amalini ado etdilar. 


So‘ng Makka shahridagi Arafot, Nur, Savr tog‘lari hamda Mino, Muzdalifa vodiylarini ziyorat qildilar. 


Safar asnosida taniqli ulamo Hasan domla Qodirov ziyoratchilarga umra fazilati, Ikki Haram hududidagi yaxshi amallarga beriladigan ajrlar, duo qabul bo‘ladigan joylar haqida ilmiy suhbatlar qilib bermoqda. 


Ta’sirli suhbatlardan bahra olayotgan hamyurtlarimiz vaqtlarining har bir soniyasidan unumli foydalanishga harakat qilmoqdalar.   


Alloh taolo hamyurtlarimizning safarlarini xayrli va barakali qilib, Baytulloh yonida duo qilishni barchamizga nasib etsin!


Eslatma:

 Haj va umra markazi telefon raqamlari:
 +998778821858
 +998998821858
@Hajumrauzbot

 VILOYATLARDAGI VAKILLARIMIZ (https://taplink.cc/hajumrauz)

 Sahifalarimiz:
Instagram (https://instagram.com/haj_umrauz?igshid=MzRlODBiNWFlZA==) Telegram (https://t.me/hajumrauz)

Makkada ziyoratchilar umra amalini ado etib, muborak maskanlar ziyorati va ilmiy suhbatlardan bahra olmoqda Makkada ziyoratchilar umra amalini ado etib, muborak maskanlar ziyorati va ilmiy suhbatlardan bahra olmoqda Makkada ziyoratchilar umra amalini ado etib, muborak maskanlar ziyorati va ilmiy suhbatlardan bahra olmoqda Makkada ziyoratchilar umra amalini ado etib, muborak maskanlar ziyorati va ilmiy suhbatlardan bahra olmoqda Makkada ziyoratchilar umra amalini ado etib, muborak maskanlar ziyorati va ilmiy suhbatlardan bahra olmoqda Makkada ziyoratchilar umra amalini ado etib, muborak maskanlar ziyorati va ilmiy suhbatlardan bahra olmoqda Makkada ziyoratchilar umra amalini ado etib, muborak maskanlar ziyorati va ilmiy suhbatlardan bahra olmoqda Makkada ziyoratchilar umra amalini ado etib, muborak maskanlar ziyorati va ilmiy suhbatlardan bahra olmoqda
O'zbekiston yangiliklari