O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Ilmiy kengashining navbatdagi muhokama yig‘ilishida global ko‘rgazma tadbirlarini tashkillashtirish va o‘tkazish masalasining muhimligi haqida fikr yuritildi.
Bismillahir Rohmanir Rohiym
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam kunlardan birida sahobalari oldiga chiqib: “Sizlarga kimning iymoni ko‘proq manzur?”, dedilar.
Ular: “Farishtalarning iymoni”, deb javob berishdi.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Axir ular Robbi huzurida bo‘la turib qanday iymon keltirmasin?”, dedilar.
Sahobalar: “Unday bo‘lsa payg‘ambarlarning iymoni”, deyishdi.
Rasululloh alayhissalom: “Ularga vahiy tushgan bo‘laturib iymon keltirmasliklari mumkinmi?” dedilar.
Sahobalar: “Unday bo‘lsa o‘zimizning iymonimiz”, deyishdi.
"Rasululloh sizlar bilan birga bo‘la turib qanday iymon keltirmaysizlar?" dedilar.
Sahobalar: “Unda kimning iymoni, yo Rasululloh?”, deb so‘rashdi.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Bir qavm borki, ular mendan keyin kelishadi. Meni ko‘may turib yaxshi ko‘rishadi. Ularning oldida faqat Kitob (Qur’on) turadi. Unga iymon keltiradilar va amal qiladilar. Ana o‘shalar ulug‘ ajr egalaridir”, dedilar.
Abdulatif ABDULLAYEV