Imom Abu Homid G‘azzoliy aytadilar: "Agar Alloh seni mol-dunyodan qisganini, ustingda balo va musibatlarni ko‘paytirganini ko‘rsang, bilginki, sen Uning huzurida azizsan. Uning huzurida darajang bor, seni avliyo va asfiyolari yo‘lida yurg‘izib qo‘ygandir. U seni ko‘rib turgan.
Alloh taoloning: "Robbingning hukmiga sabr qil, albatta sen ko‘z o‘ngimizdasan. Va qoyim bo‘lgan paytingda Robbingni hamdi bilan poklagin", deganini eshitmaganmisan?"
Bugun Turkiya Respublikasining Anqara ijtimoiy fanlar universiteti Islomshunoslik fakulteti professori, doktor Selchuk Joshqun va dots.nt, doktor Hasan So‘zenman Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga tashrif buyurdi.
Mehmonlarni Markaz direktori Muzaffarxon Joniyev kutib olib, ularga Markaz faoliyati va olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari haqida ma’lumot berdi.
Tashrif davomida Imom Termiziy va termiziy allomalari merosiga bag‘ishlangan 80 dan ortiq kitob va risolalar taqdimoti o‘tkazildi.
Ayniqsa, Markaz olimlari tomonidan aniqlangan 226 nafar termiziy allomalar haqidagi ma’lumotlar mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.
Uchrashuv yakunida Termiziy allomalarning ilmiy merosini xalqaro miqyosda tadqiq etish, xorijiy olimlar bilan ilmiy hamkorlikni kengaytirish va qo‘shma tadqiqotlarni yo‘lga qo‘yish masalalari kelishib oldilar.
Imom Termiziy XITM Matbuot xizmati