Sayt test holatida ishlamoqda!
18 Iyun, 2025   |   22 Zulhijja, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:04
Quyosh
04:49
Peshin
12:29
Asr
17:40
Shom
20:02
Xufton
21:41
Bismillah
18 Iyun, 2025, 22 Zulhijja, 1446
Maqolalar

Nazardan qoladigan ikki toifa

15.05.2025   7493   1 min.
Nazardan qoladigan ikki toifa

Qiyomat kuni ikki kishiga Alloh taolo rahmat nazari bilan qaramaydi. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallam bunday marhamat qilganlar: “Alloh taolo qiyomat kuni ikki kishiga rahmat nazari bilan qaramaydi. Ulardan biri qarindosh-urug‘i bilan aloqalarini uzgan kishi bo‘lsa, ikkinchisi yomon qo‘shnidir”. 
 

Shunday ekan, kim Allohning nazaridan umidvor bo‘lsa, silai-rahmni uzmasligi, qo‘ni-qo‘shnilar bilan yaxshi qo‘shnichilik qilishi lozim.


Alloh taolo barchamizni O‘zining rahmatiga sazavor aylasin! 

Ruhiddin Akbarov,

O‘MIning Qashqadaryo viloyat vakilligi xodimi

Ibratli hikoyalar
Boshqa maqolalar

Ayol kishining rukusi

18.06.2025   392   1 min.
Ayol kishining rukusi

Savol: Ayol kishi rukuda tizzasini bukadimi yoki erkaklar kabi tekis tutadimi?

Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Namoz o‘qishda, ayollar bilan erkaklarning bir nechta farqlari bo‘lib, ayollar satrliroq holda namoz o‘qishga buyurilganlar. Rukuda ham shunday, ya’ni ayollar rukuda erkaklardan  farqli ravishda, tizzalarini biroz bukib ruku qiladilar.

Mashhur tobeiy Ato ibn Abu Raboh bunday deganlar:

 تَجْتَمِعُ الْمَرْأَةُ إِذَا رَكَعَتْ تَرْفَعُ يَدَيْهَا إِلَى بَطْنِهَا وَتَجْتَمِعُ مَا اسْتَطَاعَت. مصنف عبدالرزاق

 “Ayol kishi ruku qilganda, imkon qadar yig‘ilibroq, ikki qo‘lini qorniga yaqinlashtirib turadi” (“Musannafi Abdurrazzoq”).

“Fatavoi Olamgiriya”da bunday deyilgan:

وَالْمَرْأَةُ تَنْحَنِي فِي الرُّكُوعِ يَسِيرًا وَلَا تَعْتَمِدُ وَلَا تُفَرِّجُ أَصَابِعَهَا وَلَكِنْ تَضُمُّ يَدَيْهَا وَتَضَعُ عَلَى رُكْبَتَيْهَا وَضْعًا وَتَحْنِي رُكْبَتَيْهَا وَلَا تُجَافِي عَضُدَيْهَا .كَذَا فِي الزَّاهِدِيِّ

“Ayol kishi rukuda biroz egiladi, tizzalariga suyanmaydi, barmoqlarini ochmaydi, balki qo‘llarini birlashtirib, tizzalariga qo‘yadi va tizzalarini biroz bukadi va bilakalarini tanasidan ajratmaydi. “Zohidiy”da shunday deyilgan”. Vallohu a’lam.

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.