Shu yil, 14 may kuni Jizzax viloyatidan “Haj – 2025” mavsumining ilk ziyoratchilari Jizzax shahridagi “Qaliya” masjididan jo‘nab ketishdi. Haj sari qadam qo‘yayotgan hamyurtlarimizning ko‘zlarida quvonch, tillarida shukronalik.
Allohning farz ibodatini ado etishga otlangan muhtaram yurtdoshim Alloh taolo yurtimiz, xalqimiz haqqiga qiladigan barcha duolaringizni qabul etsin. Duolaringizda bizni ham unutmang!
Hajingiz mabrur, sa’yingiz mashkur va gunohingiz mag‘fur bo‘lsin!
Jizzax viloyati vakilligi
Matbuot xizmati
Onamiz Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: “Nabiy sollallohu alayhi vasallam ruqya o‘qimoqchi bo‘lsalar, ko‘rsatgich barmog‘iga tupuklarini tekkizardilar. So‘ng uni tuproqqa bosar, barmoqqa yopishgan narsani bemorga surkab, ushbu duoni: “Bismillaahi, turbatu arzina, biriyqati ba’dinaa, yushfaa saqiymunaa, biizni Robbinaa” aytar edilar” (Imom Buxoriy, Imom Muslim rivoyati).
Duoning tarjimasi: “Yerimizning tuprog‘i, ba’zimizning tupugi, Robbimizning izni ila kasalimizga shifo ber”.
Imom ibn Qoyyim rahimahulloh: “Ushbu holat buni inkor etgan yoki uni masxara qilgan yoki e’tiqod qilmagani holda faqatgina tajriba qilib ko‘rgan kishigagina foyda bermaydi”, dedilar (“Fathul Boriy” dan).