Sayt test holatida ishlamoqda!
14 Sentabr, 2026   |   3 Rabi`us soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:42
Quyosh
06:02
Peshin
12:19
Asr
16:44
Shom
18:39
Xufton
19:54
Bismillah
14 Sentabr, 2026, 3 Rabi`us soni, 1448

Makkada ziyoratchilar katta ehtirom ila kutib olindi

19.05.2025   16521   1 min.
Makkada ziyoratchilar katta ehtirom ila kutib olindi

16 may kuni “Haj – 2025” mavsumining ilk guruh ziyoratchilari Makkai mukarramaga zamonaviy avtobuslarda yetib keldi. Ularni Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston musulmonlari idorasi mutasaddilari, mamlakatimizning Saudiyadagi Attashesi va ishchi guruhi tomonidan tantanali ravishda katta ehtirom bilan kutib olindi. 

Hamyurtlarimiz muhtasham “Al-Ayam Elite” va "Romance room" mehmonxonalariga kirishlari bilanoq iliq qarshi olinib, zam-zam suvlari, xurmo, shirinliklar, gullar va hadyalar ulashilib ikrom qilindi. 

Mana shunday iltifotlardan ko‘ngillari ko‘tarilgan yurtdoshlarimiz Alloh taologa cheksiz shukronalar aytib, ularga bo‘lgan katta e’tiborni nafaqat mamlakatimizda, balki olis Makka shahrida ham chin dildan his etishdi. 

Zamonaviy mehmonxonada xonalari tayin bo‘lgan ziyoratchilarimiz bu yerga diyorimizdan ularga xizmat ko‘rsatish uchun birmuncha oldinroq yetib kelib, mohir oshpazlarimiz pishirgan lazzatli taomlaridan bahramand bo‘ldilar. 

Tamattu’ hajini niyat qilgan ziyoratchilarimiz umra amalini ado etmoqdalar.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

Makkada ziyoratchilar katta ehtirom ila kutib olindi Makkada ziyoratchilar katta ehtirom ila kutib olindi Makkada ziyoratchilar katta ehtirom ila kutib olindi Makkada ziyoratchilar katta ehtirom ila kutib olindi Makkada ziyoratchilar katta ehtirom ila kutib olindi Makkada ziyoratchilar katta ehtirom ila kutib olindi Makkada ziyoratchilar katta ehtirom ila kutib olindi Makkada ziyoratchilar katta ehtirom ila kutib olindi Makkada ziyoratchilar katta ehtirom ila kutib olindi
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Yurtimiz bo‘ylab 6000 nafarga yaqin obodonlashtirish xodimlariga bayram hadyalari ulashildi

26.08.2026   55025   1 min.
Yurtimiz bo‘ylab 6000 nafarga yaqin obodonlashtirish xodimlariga bayram hadyalari ulashildi

Mustaqilligimizning 35 yillik bayrami arafasida O‘zbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi “Vaqf” xayriya jamoat fondi mahalliy hokimliklar bilan hamkorlikda yurtimiz ozodaligiga beqiyos hissa qo‘shib kelayotgan 2500 nafardan ortiq obodonlashtirish xizmati xodimlariga oziq-ovqat jamlanmalari tarqatdi.

Tadbirlardan ko‘zlangan asosiy maqsad mashaqqatli va sharafli mehnati har doim ham ko‘zga ko‘rinavermaydigan soha xodimlarining mehnatini e’tirof etish, ularning qalbiga bayram shukuhi, xonadonlariga quvonch kiritishdir.

Inson qadrini ulug‘lash va ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan bu kabi xayrli ishlar shu kunlarda yanada keng quloch yozib, mamlakatimizning barcha hududlarida o‘tkazildi.

Shuningdek, homiylar tomonidan Respublikamiz bo‘ylab 3500 nafarga yaqin ana shunday fidoyi xodimlarning ko‘ngli xushnud etildi.

Bu kabi xayr-saxovatga yo‘g‘rilgan bayram tadbirlari o‘lkamizning barcha go‘shalarida davom etmoqda.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari