Sayt test holatida ishlamoqda!
22 Noyabr, 2026   |   12 Jumadul soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
05:56
Quyosh
07:14
Peshin
12:14
Asr
15:17
Shom
17:02
Xufton
18:18
Bismillah
22 Noyabr, 2026, 12 Jumadul soni, 1448

Do'stlik ko'prigi

05.03.2024   1517   5 min.
Do'stlik ko'prigi

Ko'priklar qurish, ko'priksozlik qadim-qadimdan diyorimizda amalga oshirilib kelinayotgan xayrli amallar sanaladi. Birgina Qarshi shahridagi “Qarshi” ko'prigini olaylik. Uning qurilganiga 700 yildan oshgan. Ko'prik qadimda Qashqadaryo daryosining ikki qirg'og'ini o'zaro bog'lab, xalqaro ijtimoiy-iqtisodiy aloqalarga vosita bo'lgan. O'rta asrlarda Nasaf orqali Eron va Hindistonni Yevropa bilan bog'lagan muhim karvon yo'llari o'tgan. Shu bois bu voha asrlar davomida gullab-yashnagan.

Darhaqiqat, ko'priklar nafaqat, uzoqni yaqin, mashaqqatni engil qiladi, balki, iqtisodiy va ijtimoiy ahamiyatga ega strategik inshoot hisoblanadi.

Keyingi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan izchil yangiliklar qatorida shaharlar infratuzilmasini yaxshilash, xalqaro  avtoyo'llarda ko'priklar barpo etish ishlari jadallik bilan olib borilmoqda.

O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev 2020 yil dekabr' oyida Horazm viloyatiga qilgan tashrifi davomida Amudaryo ustida Horazm viloyatini Qoraqalpog'iston Respublikasi bilan bog'laydigan 413 metrlik ko'prik, Qorao'zak tumanidan Shovot tumanigacha 79 kilometrlik temir yo'l qurilishi bo'yicha topshiriq bergan edi. O'tgan davr mobaynida loyiha ishlab chiqilib, shu asosda ushbu inshoot to'la qurib bitkazildi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev joriy yil 29 fevral kuni Horazm viloyatiga tashrif buyurib, dastlab Qoraqalpog'iston Respublikasi Amudaryo tumaniga bordi va yangi ko'prikning ochilish marosimida ishtirok etib:

“Bu ko'prik avvalo o'zbek va qoraqalpoq xalqlari o'rtasidagi mustahkam ishonch va do'stlik, og'zibirlik va hamkorlik ko'prigidir. Bu yo'l jahonga ochilayotgan Yangi O'zbekiston, Yangi Qoraqalpog'istonning taraqqiyot va farovonlik yo'llaridir. Mana shu azim daryoning ikki sohilida, shunday yorug' kunlarni orzu qilib yashab kelayotgan ming-minglab yurtdoshlarimizning umidlari ro'yobga chiqqan tarixiy kun barchamizga muborak bo'lsin”, – deya, bu inshootning ahamiyati nechog'lik buyuk ekanligini ta'kidladi.

Ta'kidlash joizki, mazkur ko'prik tom ma'noda do'stlik ko'prigidir.

Shu paytgacha hudud aholisi o'tgan asrning elliginchi yillarida olib kelingan eski ponton ko'prikdan foydalanardi. Har bahorda muz erib, daryoda suv ko'payishi bilan u jiddiy shikastlanardi. Bu esa yo'l qatnoviga sezilarli ta'sir qilar, daryoning ikki tomonidagi aholiga juda ko'p qiyinchiliklar tug'dirardi. Masalan, Amudaryo tumani aholisi avtomobilda Nukusga borish uchun Urganch va Beruniy orqali yurishga majbur edi. Buning uchun qo'shimcha 180 kilometr yo'l yurishga to'g'ri kelardi. Poyezdda esa Horazmning sharq tomonidagi Hazorasp ko'prigidan o'tib kelinardi.

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisi sharifda: «Payg'ambar sollallohu alayhi vasallam: “Kim bir musulmondan mashaqqatni ketkazsa, Alloh unga butun olamni munavvar qiladigan ikki nur beradi. Uning qandayligini Allohdan boshqa hech kim bilmaydi”, – dedilar». Tabaroniy rivoyati.

Alohida ta'kidlash joizki, bu ko'prik orqali, minglab musulmonlarning bir necha asrlar davomida mashaqqati ariydi. Inshaalloh, shunga yarasha ish egalarining noma'i amallari ham ushbu savoblardan ziynatlanib turajak.

Endi yangi ko'prik tufayli bu qiyinchiliklar barham topadi, xalqning uzog'i yaqin bo'ladi. U orqali Qoraqalpog'iston bilan Horazmni bog'laydigan eng yaqin avtomobil' va temir yo'l qatnovi yo'lga qo'yiladi.

Mutaxassislarning ta'kidlashicha, aylanma yo'llar orqali sarf etilayotgan ortiqcha xarjatlar qisqaradi.  Ushbu temir yo'l orqali Qozog'iston va Rossiyaga ham yangi yo'nalishlar ochilishi, hamda vohaga tezyurar poyezdlarining qatnovi ham yo'lga qo'yilishi amalga oshiriladi.

Birgina ko'prikning bino qilinishi mana shuncha qulayliklar, moddiy manfaat keltirmoqda. Shu sababdan ham, dinimizda yo'l, ko'prik qurish kabi ishlar fazilatli amal ekanligi, savobi ulug' ekanligi ta'kidlanadi.

Og'ir iqlim sharoitida fidokorona mehnat qilgan mohir quruvchilarga, ko'prikni barpo etishga munosib hissa qo'shgan barcha insonlarga Alloh taoloning madadi va rahmati bo'lsin. Yurtimiz bundan-da obod va farovon bo'lishini Alloh subhanahu va ta'olo nasib aylasin! 

 ZAYNIDDIN EShONQULOV,

Samarqand viloyat bosh imom xatibi

 

Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Xalqaro anjuman ishtirokchilari Hakim Termiziy maqbarasini ziyorat qildilar

20.11.2026   81709   1 min.
Xalqaro anjuman ishtirokchilari Hakim Termiziy maqbarasini ziyorat qildilar

Bugun, 20 noyabr kuni Termiz shahrida o‘tkazilgan «Hakim Termiziy ilmiy-ma’naviy merosining bugungi kundagi ahamiyati» mavzusidagi xalqaro konferensiya ishtirokchilari buyuk mutafakkir majmuasida bo‘ldilar.

Xorijiy davlatlardan tashrif buyurgan muftiylar, taniqli ulamo va islomshunos olimlar hamda mahalliy soha vakillari muqaddas qadamjoda Qur’oni karim tilovat qilib, ulug‘ muhaddis va mutasavvif haqlariga duoi fotiha o‘qidilar. Butun dunyoda tinchlik-osoyishtalik barqaror bo‘lishi, yurtimiz yanada obodlashib, ajdodlarga munosib avlodlar yetishib chiqishini so‘rab xayrli duolar qilindi.

Mehmonlar mahobatli maqbara, serfayz hovli hamda majmuada amalga oshirilgan keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari bilan yaqindan tanishdilar.

Ular O‘zbekistonda diniy-ma’rifiy sohadagi islohotlar va allomalar merosiga ko‘rsatilayotgan yuksak ehtiromga yuqori baho berdilar.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari