Sayt test holatida ishlamoqda!
26 Oktabr, 2026   |   15 Jumadul avval, 1448

Toshkent shahri
Tong
05:28
Quyosh
06:47
Peshin
12:12
Asr
15:44
Shom
17:29
Xufton
18:43
Bismillah
26 Oktabr, 2026, 15 Jumadul avval, 1448

21.05.2025   9782   1 min.

Shu yil 19 may kuni mamlakatimizga kelgan Qatar vaqf va islom ishlari vaziri o‘rinbosari Muhammad al-Kavvariy boshchiligidagi delegatsiyani Diniy idora raisining birinchi o‘rinbosari Homidjon domla Ishmatbekov va Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari Davronbek Maxsudov qabul qildi. 

Muloqotda O‘zbekiston va Qatar aloqalari rivojlanayotganiga to‘xtalish barobarida yurtimizdagi diniy-ma’rifiy sohadagi so‘nggi islohotlar, ilmiy-tadqiqot markazlari, masjid-madrasalar, Fatvo markazi, Qur’oni karim va tajvid o‘quv kurslari, nashriyot-matbaa ishlariga oid ma’lumotlarga delegatsiya vakillari qiziqish bildirdi. 

Muhammad al-Kavvariy bu zamin dunyo tamadduni markazlaridan biri ekani, ulug‘ mutafakkirlarimiz bashariyat taraqqiyotiga katta hissa qo‘shgani, Imom Buxoriy, Imom Moturidiy, Imom Termiziy kabi allomalar dinimiz rivojiga katta hissa qo‘shish barobarida butun olamga mashhurligini e’tirof etdi. 

Uchrashuv davomida ikki davlat mutaxassislari ishtirokida qo‘lyozmalarni o‘rganish, tadqiq etish va ularni chop etish, diniy ta’lim, ziyorat turizmi yo‘nalishida hamkorlik qilish  va boshqa masalalar muhokama etildi.

Yuqorida bildirilgan taklif va fikr-mulohazalar asosida amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan o‘zaro kelishib olindi. 

Mehmonlar Diniy idora Kutubxona fondidagi noyob va nodir asarlar bilan tanishish asnosida Mo‘yi muborak madrasasida joylashgan hazrati Usmon Mus'hafini ham ziyorat qilishdi. 

Ma’lumot o‘rnida bundan bir oy muqaddam mamlakatimizga amaliy tashrif bilan kelgan Qatar vaqf va islom ishlari vaziri G‘anim bin Shahin al-G‘anim bilan yurtimizning diniy soha rahbarlari uchrashuv o‘tkazgan edi. https://t.me/muslimuzportal/41058

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Buxoro viloyatida joylashgan diniy ta’lim muassasalarining ARM xodimlari bilan o‘zaro tajriba almashinuv tashkil qilindi

26.10.2026   3852   1 min.
Buxoro viloyatida joylashgan diniy ta’lim muassasalarining ARM xodimlari bilan o‘zaro tajriba almashinuv tashkil qilindi

Mir Arab oliy madrasasi Axborot-resurs markazi xodimlari To‘raxon Muzrabov “Mir Arab” madrasasiga hamda Zarina Mo‘minova “Jo‘ybori Kalon” ayol qizlar madrasalarining Axborot-resurs markazi fondida bo‘lishdi.

Mir Arab madrasasi ARM bo‘limi rahbari Muso Saitov hamda  “Jo‘ybori Kalon” ayol qizlar madrasasi ARM bo‘limi bosh mutaxassisi Gulshan Shomurotovalar Oliy madrasa xodimlariga o‘z ta’lim muassasasi kutubxonalarida yaratib berilgan shart-sharoitlar, yangi adabiyotlar bilan boyitilib borilyotgani hamda bo‘limda olib borilayotgan hujjat ishlarini tanishtirib o‘tdilar.

So‘ngra Oliy madrasa va ikki ta’lim muassasasi ARM xodimlari kutubxonalar faoliyatini o‘zaro tajriba va amaliy hamkorlik asosida rivojlantirishga, talabalar  ushbu kutubxonalarda mavjud adabiyotlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish ishlarini amalga oshirish to‘g‘risida kelishib oldilar.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari