Shu yil 20 may kuni imom-xatiblar faoliyatini yanada samarali tashkil qilish bo‘yicha Sirdaryo viloyati Guliston shahrida amaliy tadbir o‘tkazildi. O‘zbekiston musulmonlari idorasi va Din ishlari bo‘yicha qo‘mita hamkorligidagi namunaviy-amaliy tadbir yig‘ilishi mazkur shahardagi "Guliston" jome masjidida bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbirda Sirdaryo viloyati bosh imom-xatibi Habibulloh domla Zokirov yig‘ilishga boshchilik qildi. Shuningdek, vakillik xodimlari, tuman, shahar bosh imom-xatiblari hamda otinoyilar, mahallalardagi “Haj – 2024” ziyoratchilari ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarga jalb etildi.
Ishchi guruh a’zolari tomonidan hududdagi 10 ta mahalladagi 75 ta xonadon xolidan xabar olindi. Jumladan, nogironligi bor xonadonlar, notinch oilalar va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar qamrab olindi.
Sirdaryo viloyati vakilligi
Matbuot xizmati
#xabar #haj2025
3 iyun kuni Makka shahridagi o‘zbekistonlik ziyoratchilar o‘zlari turgan mehmonxonalarda g‘usl qilib, ehrom bog‘lab, haj niyati ila imonu ixlos bilan labbaykani aytib Mino vodiysiga yo‘l oldilar.
Eslatib o‘tamiz, zylhijja oyining cakkizinchi kyni (by kyn bizda "yolg‘on apafa", apabchada eca "tapviya kyni" deyiladi) Minoda hojilar toatu ibodatda bo‘ladilar. Minoda tarviya kunining bomdod, peshin, asr, shom, xufton namozlari o‘qiladi. Asosan duo, ibodat bilan mashg‘ul bo‘linadi. Islom tarixida Payg‘ambar alayhissalom shunday qilganlar.
Ma’lumot uchun, bo‘lg‘usi hojilarimiz 4 iyun chorshanba kuni Mino vodiysida, 5 iyun payshanba kuni esa Arafot va Muzdalifa vodiylarida haj amalining asosiy kunlarini ado etadilar.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati