#xabar #haj2025
Joriy yilning 12 iyun kunidan e’tiboran Saudiya Arabistonidagi hojilarimiz bir necha kun davomida navbati bilan ona Vatanimizga qaytib keladilar.
Hamyurtlarimiz Jidda shahridan mamlakatimizning 10 ta hududi – Toshkent, Buxoro, Namangan, Farg‘ona, Samarqand, Qarshi, Termiz, Urganch, Navoiy va Nukus shaharlariga to‘g‘ridan to‘g‘ri parvoz qiladilar.
Tashish ishlariga “Uzbekistan Airways” aksiyadorlik jamiyatining zamonaviy samolyotlari, malakali uchuvchi va bort kuzatuvchilari jalb etilgan.
Ziyoratchilarimizning haj amallari qabul, duolari mustajob bo‘lsin, fayzu barakalari ila o‘lkamiz nurga to‘lsin!
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati
Saudiya Arabistoni tomonidan Makkadagi Masjidul Haromning uchinchi kengaytirilishida Qur’onga yo‘naltirilgan ma’lumot ko‘rgazmasi ochildi va tashrif buyuruvchilarga noyob va tarixiy qo‘lyozmalardan foydalanish imkoniyatini taqdim etdi.
Tashabbus dunyoning turli burchaklaridan 1,6 milliondan ortiq ziyoratchilar ishtirokida yakunlangan 2025-yilgi Haj mavsumidan bir necha kun o‘tib amalga oshirildi.
Din ishlari raisligi tomonidan Masjidul Harom va Masjidun Nabaviyda tashkil etilgan ko‘rgazma tashrif buyuruvchilarga Qur’on yo‘l-yo‘riqlari, uning madaniy va tarixiy mazmuni haqida ma’lumot berishdan iborat.
Quran.uz