Sayt test holatida ishlamoqda!
18 Iyun, 2025   |   22 Zulhijja, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:04
Quyosh
04:49
Peshin
12:29
Asr
17:40
Shom
20:02
Xufton
21:41
Bismillah
18 Iyun, 2025, 22 Zulhijja, 1446
Yangiliklar

Xayrli amaliy tadbir o‘tkazildi

12.06.2025   9687   1 min.
Xayrli amaliy tadbir o‘tkazildi

 

Joriy yilning 10 iyun kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyati vakilligi tashabbusi bilan Tayloq tumanida navbatdagi sayyor yig‘ilish o‘tkazildi.

 

Tadbirlar oldidan viloyat bosh imom-xatibi o‘rinbosari Xayrullo domla Sattarov ishchi guruh a’zolari bilan uchrashib, kerakli ko‘rsatma va topshiriqlarni berdi. 

 

Xayrullo domla Sattorov hamda Tayloq tumani bosh imom-xatibi Bobur Narzullayev hamrohligida tuman markazidagi “Tayloq ota” jome masjidi joylashgan hududdagi bemor va nogironligi bor oilalar holidan xabar olinib, moddiy-ma’naviy ko‘maklar ko‘rsatildi. 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati

 

Xayrli amaliy tadbir o‘tkazildi Xayrli amaliy tadbir o‘tkazildi Xayrli amaliy tadbir o‘tkazildi Xayrli amaliy tadbir o‘tkazildi Xayrli amaliy tadbir o‘tkazildi Xayrli amaliy tadbir o‘tkazildi Xayrli amaliy tadbir o‘tkazildi Xayrli amaliy tadbir o‘tkazildi
O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Osoyishtalik siri

17.06.2025   4965   1 min.
Osoyishtalik siri

Er-xotin tez-tez urishib qolaverdi. Shunda ayoli eriga: 
 

– Dadasi, qo‘shnilarimiz biror marta urishganini eshitmadim. Biz esa tez-tez janjallashib qolyapmiz. Qarshi bo‘lmasangiz, qo‘shni ayoldan buning sirini bilib kelaman, – dedi. 
 

Eri rozi bo‘ldi. Ayol qo‘shni ayol bilan suhbatlashgani chiqib, undan  oilada osoyishtalikni saqlash siri haqida so‘radi. 
 

Bu paytda qo‘shni ayol oshxonada ovqat qilayotgan, uning eri esa stolda bir nimalarni yozib o‘tirgandi. Shunda birdan telefon jiringladi. Eri telefon oldiga borar ekan, bexos stol ustida turgan vazani turtib yubordi. Vaza yerga tushib, sindi. Bu holni ko‘rgan ayoli darrov kelib vazani siniqlarini tera boshladi. Eri ayoliga aybdorona qarab, uzr so‘radi. Ayoli esa: “Aslida men sizdan uzr so‘rayman. Chunki vazani stol ustiga – noqulay joyga qo‘ygan ekanman”, dedi.


Bu holni kuzatgan qo‘shni ayol uyiga qaytib keldi va nimalar ko‘rganini aytib berdi. So‘zi yakunida: “Oddiy bir ishda ular ikkalasi ham o‘zini aybdor hisoblarkan. Biz esa har ishda o‘zimizni haq, deymiz. Janjalimiz sababi shundan ekan”, dedi.


Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bunday deganlar: «Haq bo‘la turib janjalni tark etgan kishiga jannat yonidagi bir uyga kafilman. Hazildan bo‘lsa ham, yolg‘onni tark etgan kishiga jannat o‘rtasidagi bir uyga kafilman. Chiroyli xulqli kishiga jannatning eng yuqorisidagi bir uyga kafilman» (Imom Abu Dovud rivoyati). 
 

Mana, osoyishtalik siri nimada ekan! 

Akbarshoh Rasulov

 

Ibratli hikoyalar