#xabar #haj2025
Shu yil 12 iyun kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari va Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Sodiqjon Toshboyev boshchiliklaridagi hojilarimizning dastlabki guruhlari eson-omon ona diyorimizga yetib keldilar.
Nurli yuzi, quvnoq ko‘zida Vatan sog‘inchi namoyon bo‘lgan hojilar jamoasini taniqli ulamolar, imom-domlalar, mutasaddilar va OAV vakillari Toshkent xalqaro aeroportida ehtirom ila kutib olishdi.
Hojilarimiz muborak zaminda Haq taoloning farzi – Haj amalini chiroyli ado etib, sog‘u salomat o‘z yurtiga yetib kelganlari va yaqinlari diydoriga yetishganlari uchun shukronalar aytish barobarida el-yurt haqqiga xayrli duolar qilishdi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati
#Sayyor_yig‘ilish
“Yangi O‘zbekistonning tinchlik va ma’naviyat targ‘ibotchilari”
Shu yil 5 avgust kuni Sirdaryo viloyatida imom-xatiblar faoliyatini yanada samarali tashkil etish maqsadida navbatdagi amaliy tadbir "Guliston" jome masjidida bo‘lib o‘tdi.
Ishchi guruh a’zolari tomonidan hududdagi jami 139 ta xonadon holati o‘rganildi.
Sirdaryo viloyati vakilligi
Matbuot xizmati