Sayt test holatida ishlamoqda!
22 Noyabr, 2026   |   12 Jumadul soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
05:56
Quyosh
07:14
Peshin
12:14
Asr
15:17
Shom
17:02
Xufton
18:18
Bismillah
22 Noyabr, 2026, 12 Jumadul soni, 1448

Mol va obro'dan asl manfaat nima?

04.03.2024   1005   2 min.
Mol va obro'dan asl manfaat nima?

Aytdilarki, joh (obro')ni asli foydasi zararni daf qilishdir. Obro'dan asosiy maqsad, zararni daf qilish bo'ladi. Odamlar ichida obro' qozonsangiz, sizga birov zarar bera olmaydi. Hokim ekan, mirshab ekan deb qo'rqadi. Moldan asli manfaatchi? Molning asl foydasi, jalbi manfaat. Manfaat topish - moldan ko'zlanadigan narsa. Manfaatni jalb qilish. Ya'ni, mol sarf qilib turib, odam o'z zaruratlarini bitirib, foyda hosil qiladi. Ammo martaba zararni daf qilish uchun kerak. Endi bir odam, martabaga chiqishda maqsadi agar o'ziga manfaat jalb qilish bo'lsa, keyin mol shubhali bo'lib qoladi. Pora shundan kelib chiqadi. Chunki ba'zan odamlar obro'ingizdan, haybatingizdan qo'rqib bir narsa berib ketadi. Magar u dilidan bergan narsasiga rozi emas aslida. Shuning uchun mol harom bo'lib qoladi.

Mana bu she'rni yaxshilab yodingizda saqlab qoling. Mavlono Muhammad Yoqub rahimahullohning ikkita she'rlarini hamisha yodlab yuraman.

«Ofarin tuch pe himmat ko'toh, tolibi mol ho', na tolibi joh». Ofarin senga ey himmati qisqa, deydi. Men mol talab qilaman, lekin obro' talab qilmayman. Molimdan mol topsam, bir foyda bo'ladi undan. Obro'dan topsam rasvo bo'ladiku. Shuning uchun men molga talabgorman, lekin johga talabgor emasman.

«Mol itna kiz chizze ho', ho'ru nish». Mol talab qilaman deganda, shunchalik bo'lsinki, esam ichsam, shunga etsa bo'ldi menga. Mayli johga ham men butunlay talabgor emasman deya olmayman. Johim ham shunchalik bo'lsinki, birov meni ezib ketmasin. Meni poymol qilib yubormasa bo'ldi.

Yorqinjon Fozil rahimahulloh

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Xalqaro anjuman ishtirokchilari Hakim Termiziy maqbarasini ziyorat qildilar

20.11.2026   83291   1 min.
Xalqaro anjuman ishtirokchilari Hakim Termiziy maqbarasini ziyorat qildilar

Bugun, 20 noyabr kuni Termiz shahrida o‘tkazilgan «Hakim Termiziy ilmiy-ma’naviy merosining bugungi kundagi ahamiyati» mavzusidagi xalqaro konferensiya ishtirokchilari buyuk mutafakkir majmuasida bo‘ldilar.

Xorijiy davlatlardan tashrif buyurgan muftiylar, taniqli ulamo va islomshunos olimlar hamda mahalliy soha vakillari muqaddas qadamjoda Qur’oni karim tilovat qilib, ulug‘ muhaddis va mutasavvif haqlariga duoi fotiha o‘qidilar. Butun dunyoda tinchlik-osoyishtalik barqaror bo‘lishi, yurtimiz yanada obodlashib, ajdodlarga munosib avlodlar yetishib chiqishini so‘rab xayrli duolar qilindi.

Mehmonlar mahobatli maqbara, serfayz hovli hamda majmuada amalga oshirilgan keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari bilan yaqindan tanishdilar.

Ular O‘zbekistonda diniy-ma’rifiy sohadagi islohotlar va allomalar merosiga ko‘rsatilayotgan yuksak ehtiromga yuqori baho berdilar.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari