Sayt test holatida ishlamoqda!
20 Iyun, 2025   |   24 Zulhijja, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:04
Quyosh
04:50
Peshin
12:30
Asr
17:40
Shom
20:03
Xufton
21:41
Bismillah
20 Iyun, 2025, 24 Zulhijja, 1446

“Ko‘kaldosh”da “Xatmona – 2025” tadbiri qanday o‘tdi? (foto+)

18.06.2025   2651   2 min.
“Ko‘kaldosh”da “Xatmona – 2025” tadbiri qanday o‘tdi? (foto+)

Shu yil 13 iyun kuni “Ko‘kaldosh” o‘rta maxsus islom bilim yurtida “Xatmona – 2025” bitiruv tadbiri o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi o‘rinbosari Homidjon Ishmatbekov, Diniy idora rais o‘rinbosari Muhammadolim Muhammadsiddiqov, Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning ta’lim bo‘limi xodimi Elyor Alimqulov, O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi rektori Muzaffar Komilov, faxriy ustozlar, ota-onalar va boshqa mehmonlar ishtirok etdi.
 

Dastlab tadbirni “Ko‘kaldosh” o‘rta maxsus islom bilim yurti mudiri Ma’murjon Erkayev kirish so‘zi bilan ochish barobarida bitiruvchilarning 4 yil davomida erishgan yutuqlari haqida ma’lumot berdi.


Shundan so‘ng O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi o‘rinbosari Homidjon Ishmatbekov o‘z nutqida “Islomda ta’limning mohiyati” va “Yurtimizda ta’lim-tarbiyaga oid amalga oshirilayotgan islohotlar" mavzusida so‘z yuritdi.


Tadbir davomida O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Muhammadolim Muhammadsiddiqov O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlarining tabrigini o‘qib eshittirdi.


So‘ngra O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi rektori Muzaffar Komilov bitiruvchilar, ularning ustoz va yaqinlarini tabrikladi.


Mazkur tadbirda jami 250 nafarga yaqin mehmon qatnashdi. Tadbir so‘ngida O‘zbekiston musulmonlari idorasi va uning tasarrufidagi “Vaqf” hayriya jamoat fondi tarafidan 11 nafar bilim yurti mudarrisi taqdirlandi. “Ko‘kaldosh” o‘rta maxsus islom yurti tarafidan esa 21 nafar talabaga yil sarhisobi bo‘yicha maqtov yorliqlari topshirildi.


Ma’lumot o‘rnida 2024-2025 o‘quv yilida “Ko‘kaldosh” o‘rta maxsus islom yurtini jami 72 nafar bitiruvchi tamomladi. Shuningdek, ta’lim muassasasida 16 iyundan boshlab ikki hafta mobaynida yakuniy imtihonlar o‘tkaziladi.


Tadbiri yakunida Homidjon domla Ishmatbekov yurtimiz rivoji va xalqimiz ravnaqini tilab xayrli duolar qilib berdi. 


Saidazimxon SAIDAKRAMOV,

“Ko‘kaldosh” o‘rta maxsus

islom bilim yurti mudarrisi

“Ko‘kaldosh”da “Xatmona – 2025” tadbiri qanday o‘tdi? (foto+) “Ko‘kaldosh”da “Xatmona – 2025” tadbiri qanday o‘tdi? (foto+) “Ko‘kaldosh”da “Xatmona – 2025” tadbiri qanday o‘tdi? (foto+) “Ko‘kaldosh”da “Xatmona – 2025” tadbiri qanday o‘tdi? (foto+) “Ko‘kaldosh”da “Xatmona – 2025” tadbiri qanday o‘tdi? (foto+) “Ko‘kaldosh”da “Xatmona – 2025” tadbiri qanday o‘tdi? (foto+) “Ko‘kaldosh”da “Xatmona – 2025” tadbiri qanday o‘tdi? (foto+) “Ko‘kaldosh”da “Xatmona – 2025” tadbiri qanday o‘tdi? (foto+) “Ko‘kaldosh”da “Xatmona – 2025” tadbiri qanday o‘tdi? (foto+) “Ko‘kaldosh”da “Xatmona – 2025” tadbiri qanday o‘tdi? (foto+) “Ko‘kaldosh”da “Xatmona – 2025” tadbiri qanday o‘tdi? (foto+) “Ko‘kaldosh”da “Xatmona – 2025” tadbiri qanday o‘tdi? (foto+) “Ko‘kaldosh”da “Xatmona – 2025” tadbiri qanday o‘tdi? (foto+) “Ko‘kaldosh”da “Xatmona – 2025” tadbiri qanday o‘tdi? (foto+) “Ko‘kaldosh”da “Xatmona – 2025” tadbiri qanday o‘tdi? (foto+) “Ko‘kaldosh”da “Xatmona – 2025” tadbiri qanday o‘tdi? (foto+) “Ko‘kaldosh”da “Xatmona – 2025” tadbiri qanday o‘tdi? (foto+) “Ko‘kaldosh”da “Xatmona – 2025” tadbiri qanday o‘tdi? (foto+)
Boshqa maqolalar

Ayol kishining rukusi

18.06.2025   2698   1 min.
Ayol kishining rukusi

Savol: Ayol kishi rukuda tizzasini bukadimi yoki erkaklar kabi tekis tutadimi?

Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Namoz o‘qishda, ayollar bilan erkaklarning bir nechta farqlari bo‘lib, ayollar satrliroq holda namoz o‘qishga buyurilganlar. Rukuda ham shunday, ya’ni ayollar rukuda erkaklardan  farqli ravishda, tizzalarini biroz bukib ruku qiladilar.

Mashhur tobeiy Ato ibn Abu Raboh bunday deganlar:

 تَجْتَمِعُ الْمَرْأَةُ إِذَا رَكَعَتْ تَرْفَعُ يَدَيْهَا إِلَى بَطْنِهَا وَتَجْتَمِعُ مَا اسْتَطَاعَت. مصنف عبدالرزاق

 “Ayol kishi ruku qilganda, imkon qadar yig‘ilibroq, ikki qo‘lini qorniga yaqinlashtirib turadi” (“Musannafi Abdurrazzoq”).

“Fatavoi Olamgiriya”da bunday deyilgan:

وَالْمَرْأَةُ تَنْحَنِي فِي الرُّكُوعِ يَسِيرًا وَلَا تَعْتَمِدُ وَلَا تُفَرِّجُ أَصَابِعَهَا وَلَكِنْ تَضُمُّ يَدَيْهَا وَتَضَعُ عَلَى رُكْبَتَيْهَا وَضْعًا وَتَحْنِي رُكْبَتَيْهَا وَلَا تُجَافِي عَضُدَيْهَا .كَذَا فِي الزَّاهِدِيِّ

“Ayol kishi rukuda biroz egiladi, tizzalariga suyanmaydi, barmoqlarini ochmaydi, balki qo‘llarini birlashtirib, tizzalariga qo‘yadi va tizzalarini biroz bukadi va bilakalarini tanasidan ajratmaydi. “Zohidiy”da shunday deyilgan”. Vallohu a’lam.

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.