Cavol: Men o'qituvchiman. Ustozlik haqlari qanaqa? Ustozlik sohasida dinimiz ko'rsatmalari kerak edi.
Javob: Bismillahir Rohmanir Rohim.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytadilar: “Albatta men muallim qilib yuborilganman”.
Darhaqiqat, o'zgalarga ilmu ma'rifat ziyosini tarqatish naqadar savobli amal. Bu vazifaga mutasaddi bo'lgan kishining darajasi ham mislsiz. Shuning uchun ham borliqdagi hamma narsa ustozning haqqiga duo qilib turadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bu haqda bunday deganlar: “Albatta Alloh taolo, uning farishtalari, osmonlaru er ahli kavagidagi chumoli, hattoki, dengizdagi baliq ham odamlarga ta'lim beruvchi ustozlarga salavot aytadilar”.
Rizouddin ibn Faxriddin ustozlarga bunday nasihat qilgan edi: “Shogirdingizni har bir harakatlariga qarab turinglar, ularga xushmuomalani, go'zal, shafqatli odatlarni tushuntiringiz, so'zlarini-yu fe'llarini yaxshilangiz, ust-boshlarini, kiyim-kechaklarini pok tutishini nazorat qilinglar. Yomon xulqlar yuqumli bo'lganidan bir shogirdning yomon xulqi borligini bilsangiz, jumlasini barobar ko'rib, jumlasi foyda olajak ravishda o'rgatingiz, foydali ishlar, kerakli adablarning jumlasidan xabardor aylangiz, natijada bola mumkin qadar reja ila ish qilmoq, ehtiyotkorlik, poklik, ko'rkam tartib, ko'p foydasiga tirishmak kabi xosiyatlaringizni egallab oladi”. Vallohu a'lam.
O'zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi.
Bugun, 20 noyabr kuni Termiz shahrida o‘tkazilgan «Hakim Termiziy ilmiy-ma’naviy merosining bugungi kundagi ahamiyati» mavzusidagi xalqaro konferensiya ishtirokchilari buyuk mutafakkir majmuasida bo‘ldilar.
Xorijiy davlatlardan tashrif buyurgan muftiylar, taniqli ulamo va islomshunos olimlar hamda mahalliy soha vakillari muqaddas qadamjoda Qur’oni karim tilovat qilib, ulug‘ muhaddis va mutasavvif haqlariga duoi fotiha o‘qidilar. Butun dunyoda tinchlik-osoyishtalik barqaror bo‘lishi, yurtimiz yanada obodlashib, ajdodlarga munosib avlodlar yetishib chiqishini so‘rab xayrli duolar qilindi.
Mehmonlar mahobatli maqbara, serfayz hovli hamda majmuada amalga oshirilgan keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari bilan yaqindan tanishdilar.
Ular O‘zbekistonda diniy-ma’rifiy sohadagi islohotlar va allomalar merosiga ko‘rsatilayotgan yuksak ehtiromga yuqori baho berdilar.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati