Sayt test holatida ishlamoqda!
22 Noyabr, 2026   |   12 Jumadul soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
05:56
Quyosh
07:14
Peshin
12:14
Asr
15:17
Shom
17:02
Xufton
18:18
Bismillah
22 Noyabr, 2026, 12 Jumadul soni, 1448

Tildagi ikki ofat

04.03.2024   1317   4 min.
Tildagi ikki ofat

Alloh taolo Muso va Horun alayhissalomga xitob qilib aytadi: “Meni zikr etishda sustkashlik qilmanglar”(Toha surasi, 42-oyat).

Ular Fir'avnning oldiga ketishayotganda Alloh ularga sustlashmasdan, ikkilanmasdan gapirishni buyurdi.

Muhammad ibn Abu Bakr rahimahulloh aytadi: “Tilda ikkita katta ofat bor: gapirish ofati va sukut saqlash ofati. Haq gapdan sukut saqlovchi odam bamisoli soqov shaytondir. Botil gapni gapuvchi odam esa gapiruvchi shaytondir”.

Sukut bu eng yaxshi odat va ibodatdir. Ayni vaqtda eng katta xazina hamdir. U sizni gapirib qo'yib afsuslanishdan xalos etadi. Sizni hurmatga sazovor etadi. Hayotda hech kim sukut qilganiga afsuslanmagan. Aksincha ko'pchilik gapirgan gapiga bir-necha marotaba afsuslanganini ko'p kuzatganmiz. Undaylarning ko'pchiligiga qarasangiz, bitta-yu bitta aybi hamma narsani gapiraverishida bo'ladi.

Tilingiz bo'yningizda turgan qilich kabidir. Shunday ekan so'zlaringizni yaxshilab tartiblashga, imkon qadar ma'noni oz so'z bilan ifodalshga harakat qiling. Gohida sukut saqlash gapirgandan ko'ra ta'sirliroq, etib boruvchanroq bo'ladi!

Buyuk sahobiy Amr ibn Oss roziyallohu anhu aytadi: “Gap xuddi doriga o'xshaydi, ozgina iste'mol qilsang, foyda beradi, ko'p iste'mol qilsang, o'ldiradi”.

Siringizni odamlarga oshkor qilgan kishini malomat qilmang, chunki sir bu siz ko'tara olmaydigan og'ir yukdir! Siringizni hech kimga aytmay ichingizda saqlasangiz, u sizning rahmatingiz ostida bo'ladi, bordi-yu uni kimgadir oshkor qilsangiz, siz uning rahmati ostida bo'lib qolasiz! Sir saqlash uchun joy hozirlang, u joy ichingizdir! Shubhasiz, sirni yashirishga sabr qilish uni oshkor qilib nadomat qilib yurgandan oson!

Bir odam tiliga shunday maktub yozgan ekan: “Ey tilim! Bilginki, men sen nutq qilgan har bir so'z uchun hisob-kitob qilinaman, shundoq ekan, faqta yaxshi so'z ayt! Chunki sen oxiratda yo mening foydamga yoki zararimga guvohlik berasan. Axir Nabiy sollallohu alayhi vasallamning hadislarini bilmaysanmi: “Odamlarni yuztuban qilib do'zaxga uloqtiradigan narsa – tillarining hosilidir”.

Hoy tilim! Alloh taoloning mana bu oyatini bilsang kerak-a: “Biror so'z aytmas, magar huzurida hoziru nozir (farishtalar) borlar”(Qof surasi, 18-oyat).

Shunday ekan, faqat haq gap aytgin, faqat va faqat rost so'zla!

Ey tilim! Hech kimni duoibad qilma, qancha gunoh-ma'siyat qilgan bo'lsa ham. Aksincha hidoyat so'rab uning haqqiga duo qil.

Ey tilim! Abdulloh ibn Mas'ud roziyallohu anhuning gaplarini eshitmaganmisan: “O'zidan o'zga iloh yo'q bo'lgan Allohga qasamki, eng uzoq hibsda saqlash kerak bo'lgan narsa tildir!”.

Ey tilim! O'zingni saqla, agar gapirgani biror yaxshi gap topa olmasang, jim turganing sen uchun afzal va yaxshiroqdir! Nabiy sollallohu alayhi vasallam bunday degan ekanlar: “Kim Allohga va oxirat kuniga iymon keltirgan bo'lsa, yaxshi gap aytsin yoki sukut saqlasin”.

Doktor Hasson Shamsi Poshoning "Metin qoyalar" kitobidan

G'iyosiddin Habibulloh, Ne'matulloh Isomov tarjimasi.

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Xalqaro anjuman ishtirokchilari Hakim Termiziy maqbarasini ziyorat qildilar

20.11.2026   83243   1 min.
Xalqaro anjuman ishtirokchilari Hakim Termiziy maqbarasini ziyorat qildilar

Bugun, 20 noyabr kuni Termiz shahrida o‘tkazilgan «Hakim Termiziy ilmiy-ma’naviy merosining bugungi kundagi ahamiyati» mavzusidagi xalqaro konferensiya ishtirokchilari buyuk mutafakkir majmuasida bo‘ldilar.

Xorijiy davlatlardan tashrif buyurgan muftiylar, taniqli ulamo va islomshunos olimlar hamda mahalliy soha vakillari muqaddas qadamjoda Qur’oni karim tilovat qilib, ulug‘ muhaddis va mutasavvif haqlariga duoi fotiha o‘qidilar. Butun dunyoda tinchlik-osoyishtalik barqaror bo‘lishi, yurtimiz yanada obodlashib, ajdodlarga munosib avlodlar yetishib chiqishini so‘rab xayrli duolar qilindi.

Mehmonlar mahobatli maqbara, serfayz hovli hamda majmuada amalga oshirilgan keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari bilan yaqindan tanishdilar.

Ular O‘zbekistonda diniy-ma’rifiy sohadagi islohotlar va allomalar merosiga ko‘rsatilayotgan yuksak ehtiromga yuqori baho berdilar.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari