Sayt test holatida ishlamoqda!
22 Noyabr, 2026   |   12 Jumadul soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
05:56
Quyosh
07:14
Peshin
12:14
Asr
15:17
Shom
17:02
Xufton
18:18
Bismillah
22 Noyabr, 2026, 12 Jumadul soni, 1448

Bir muhim nasihat

01.03.2024   1281   1 min.
Bir muhim nasihat

Aytdilarki, juda ko'p odamlar "Biz marji'ul xaloyiq", ya'ni xalq bizga qaytsa, ular bizga murojaat qiladigan kishi bo'lsak degan fikrda (g'amda) yuradi. Shuni yaxshi bilingki, marji' (odamlar murojaat qiladigan kishi) bo'lish kamol emas.

Asli kamol "roji'" bo'lishdadir. (Roje' – qaytuvchi, marji' esa "hamma qaytib boradigan joy" demakdir). Hamma sen tomon qaytishini xohlashni o'rniga o'zing Alloh tomoniga qayt. Kamol shundadir. Shundan keyin U Zot kimni xalqqa marji' qilish yoki qilmaslikni O'zi biladi. Ikkovi holatda ham inson uchun yaxshilik va faqat yaxshilik bo'ladi. Qaysi holat ro'y bergan taqdirda ham o'shanga rozi va shokir bo'lish kerak.

Yorqinjon Fozil rahimahulloh

 
Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Xalqaro anjuman ishtirokchilari Hakim Termiziy maqbarasini ziyorat qildilar

20.11.2026   90889   1 min.
Xalqaro anjuman ishtirokchilari Hakim Termiziy maqbarasini ziyorat qildilar

Bugun, 20 noyabr kuni Termiz shahrida o‘tkazilgan «Hakim Termiziy ilmiy-ma’naviy merosining bugungi kundagi ahamiyati» mavzusidagi xalqaro konferensiya ishtirokchilari buyuk mutafakkir majmuasida bo‘ldilar.

Xorijiy davlatlardan tashrif buyurgan muftiylar, taniqli ulamo va islomshunos olimlar hamda mahalliy soha vakillari muqaddas qadamjoda Qur’oni karim tilovat qilib, ulug‘ muhaddis va mutasavvif haqlariga duoi fotiha o‘qidilar. Butun dunyoda tinchlik-osoyishtalik barqaror bo‘lishi, yurtimiz yanada obodlashib, ajdodlarga munosib avlodlar yetishib chiqishini so‘rab xayrli duolar qilindi.

Mehmonlar mahobatli maqbara, serfayz hovli hamda majmuada amalga oshirilgan keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari bilan yaqindan tanishdilar.

Ular O‘zbekistonda diniy-ma’rifiy sohadagi islohotlar va allomalar merosiga ko‘rsatilayotgan yuksak ehtiromga yuqori baho berdilar.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari