Sayt test holatida ishlamoqda!
22 Noyabr, 2026   |   12 Jumadul soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
05:56
Quyosh
07:14
Peshin
12:14
Asr
15:17
Shom
17:02
Xufton
18:18
Bismillah
22 Noyabr, 2026, 12 Jumadul soni, 1448

Narxga qo'shib yozdirish

01.03.2024   1640   5 min.
Narxga qo'shib yozdirish

Cavol: Men ulgurji savdo bilan shug'ullanaman. Mendan turli do'konlar, ayrim holatda tashkilotlardan xodimlar keladi. Shular ichida ayrimlari narxni qo'shib yozib berishni so'rashadi. Masalan, tovarning narxi 50 ming bo'lsa, 70 ming deb yozing. Men sizga pulini olib kelganimda 20 mingni menga qaytib berasiz, deyishadi. Ularning bu ishi joizmi? Ular bilan shu shaklda savdo qilsam bo'ladimi?

Javob: Bismillahir Rohmanir Rohim. Islom dini insonga hamisha ishlab topayotgan pulini faqat halol yo'l bilan bo'lishiga ahamiyat qaratishi zarur. Halol bo'lmagan molni nohaq o'zlashtirib oladigan kimsalar, garchi ko'zga ishbilarmondek ko'rinsa-da, nochor va bechora kishilar aynan o'shalardir. Alloh taolo Qur'oni karimda marhamat qiladi:

“Ey iymon keltirganlar! Bir-birlaringizning mollaringizni botil yo'l bilan emang”(Niso surasi, 29-oyat).

Yuqoridagi ishlar ham mutlaqo joiz emas. Chunki ishchi va xodim kabilar ish joyining vakili sifatida ish yuritadi va mana shu ishlarni bajarayotganligi uchun unga korxona maosh ajratadi. Islomda vakil o'ziga nima vazifa yuklatilgan bo'lsa, o'shani bajarishi kerak. Qo'shib yozishni talab qilish va shu orqali olgan ortiqcha pulni o'zlashtirish unga halol bo'lmaydi. Bu ishda aldov, omonatga xiyonat qilish kabi bir necha gunohlar bor.

Abu Hurayra roziyallohu anhudan qilingan rivoyatda Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam:

“Kim aldasa, mendan emas”, deganlar (Imom Muslim rivoyati).

Boshqa bir hadisi sharifda Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytadilar: “Munofiquchnarsadabilinadi: Gapirsayolg'ongapiradi, va'dabersabajarmaydi, omonatgaxiyonatqiladi”(ImomBuxoriyrivoyati).

Shuningdek, ish beruvchining nomidan mahsulot sotib olgani borgan kishiga ayrim sotuvchilar chegirma qilib, mahsulot uchun to'langan puldan qaytarib beradi. Bu holatda ham qaytib berilgan pul, ish beruvchining haqqi hisoblanadi. Buni menga berdi, men uchun arzon qilib berdi deb, o'ziga olib qolishi mumkin emas. Bu ham yuqoridagi kabi xiyonat hisoblanadi.

Shuning uchun sizga bunday taklif bilan chiqilganda, chegirmani ish beruvchi uchun olishingizgina to'g'ri bo'ladi. Aks holda gunoh ishni amalga oshirishda yordam bergan bo'lib qolasiz. Qur'oni karimda gunoh ishlarda hamkorlik qilishdan qaytarilgan:

“Yaxshilik va taqvo yo'lida hamkorlik qiling, gunoh va dushmanlik yo'lida hamkorlik qilmang”(Moida surasi, 2-oyat).

Bu qilmishining noto'g'ri qilyotganini tushuntirib, nasihat qiling. Vallohu a'lam.

O'zbekiston musulmonlari idorasiFatvo markazi.

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Xalqaro anjuman ishtirokchilari Hakim Termiziy maqbarasini ziyorat qildilar

20.11.2026   91099   1 min.
Xalqaro anjuman ishtirokchilari Hakim Termiziy maqbarasini ziyorat qildilar

Bugun, 20 noyabr kuni Termiz shahrida o‘tkazilgan «Hakim Termiziy ilmiy-ma’naviy merosining bugungi kundagi ahamiyati» mavzusidagi xalqaro konferensiya ishtirokchilari buyuk mutafakkir majmuasida bo‘ldilar.

Xorijiy davlatlardan tashrif buyurgan muftiylar, taniqli ulamo va islomshunos olimlar hamda mahalliy soha vakillari muqaddas qadamjoda Qur’oni karim tilovat qilib, ulug‘ muhaddis va mutasavvif haqlariga duoi fotiha o‘qidilar. Butun dunyoda tinchlik-osoyishtalik barqaror bo‘lishi, yurtimiz yanada obodlashib, ajdodlarga munosib avlodlar yetishib chiqishini so‘rab xayrli duolar qilindi.

Mehmonlar mahobatli maqbara, serfayz hovli hamda majmuada amalga oshirilgan keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari bilan yaqindan tanishdilar.

Ular O‘zbekistonda diniy-ma’rifiy sohadagi islohotlar va allomalar merosiga ko‘rsatilayotgan yuksak ehtiromga yuqori baho berdilar.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari