Sayt test holatida ishlamoqda!
04 Sentabr, 2025   |   12 Rabi`ul avval, 1447

Toshkent shahri
Tong
04:31
Quyosh
05:52
Peshin
12:27
Asr
16:58
Shom
18:55
Xufton
20:10
Bismillah
04 Sentabr, 2025, 12 Rabi`ul avval, 1447
Yangiliklar

Imom-xatiblar yangi barpo etilayotgan Burhoniddin Marg‘iloniy turizm markaziga bordi

07.07.2025   9369   1 min.
Imom-xatiblar yangi barpo etilayotgan Burhoniddin Marg‘iloniy turizm markaziga bordi

Marg‘ilon shahrida jahon tamadduni va islom ilm-faniga beqiyos hissa qo‘shgan mutafakkirlardan biri — Imom Burhoniddin Marg‘iloniy nomi bilan bog‘liq yangi ilmiy-ma’rifiy turizm markazi barpo etilmoqda. “Navro‘z” mahallasi hududida tashkil etilayotgan mazkur majmua nafaqat yurtimiz, balki xalqaro miqyosda ham ahamiyatga molik loyihalardan biri sifatida ko‘rilmoqda.


Bosh reja asosida qurilayotgan markazda Burhoniddin Marg‘oniy ilmiy-tadqiqot markazi, zamonaviy shaklda tashkillashtiriladigan muzey, milliy uslubda barpo etiladigan “Otabek va Kumush” uyi, sun’iy ko‘l, maqom teatri, gastronomiya va xizmat ko‘rsatish markazlari, savdo do‘konlari, mehmonxonalar hamda bozor infratuzilmasi nazarda tutilgan.
 

Mazkur qurilishlar kelajakda Marg‘ilon shahrining tarixiy, ilmiy va turizm salohiyatini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi. Bu joy, shubhasiz, ziyorat va ilmiy tadqiqot maqsadida keluvchilar uchun ham jozibador maskanga aylanadi.


Shu kunlarda mazkur hududda qurilish ishlari jadal sur’atlarda olib borilmoqda. Bugungi kunda ilmiy-tadqiqot markazi binosi bilan bir qatorda boshqa muhim inshootlarning ham qurilishi boshlangan.


Marg‘ilon shahrida faoliyat yuritayotgan imom-xatiblar shahar bosh imom-xatibi Abdulfattoh domla Olimov boshchiligida majmua bilan yaqindan tanishish maqsadida obyektga bordilar. 


Tashrif chog‘ida imom-xatiblar bu yerdagi qurilish ishlarining holati bilan tanishdilar, loyihalarning mazmun-mohiyati yuzasidan mas’ullardan ma’lumotlar olishdi. 


Mazkur majmua nafaqat Marg‘ilon, balki Farg‘ona vodiysi hamda butun mamlakatimiz uchun muhim madaniy-ma’rifiy maskan bo‘lib, u kelajakda yoshlar tarbiyasi, diniy soha xodimlarining salohiyatini oshirish, milliy o‘zlikni anglash va qadriyatlarni asrash yo‘lida xizmat qiladi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Farg‘ona viloyati vakilligi
Matbuot xizmati

Imom-xatiblar yangi barpo etilayotgan Burhoniddin Marg‘iloniy turizm markaziga bordi Imom-xatiblar yangi barpo etilayotgan Burhoniddin Marg‘iloniy turizm markaziga bordi Imom-xatiblar yangi barpo etilayotgan Burhoniddin Marg‘iloniy turizm markaziga bordi Imom-xatiblar yangi barpo etilayotgan Burhoniddin Marg‘iloniy turizm markaziga bordi Imom-xatiblar yangi barpo etilayotgan Burhoniddin Marg‘iloniy turizm markaziga bordi Imom-xatiblar yangi barpo etilayotgan Burhoniddin Marg‘iloniy turizm markaziga bordi
O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Makkada mustaqillik bayrami munosib nishonlandi (fotolavha)

03.09.2025   1428   1 min.
Makkada mustaqillik bayrami munosib nishonlandi (fotolavha)

#xabar #mustaqillik #bayram

 Bugun, 1 sentyabr kuni Makka shahridagi “Al-Ayyam Elite” mehmonxonasida Vatanimiz mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan ayni kunlarda Makkai mukarramada toatu ibodatlar bilan bo‘lib turgan 200 nafardan ziyod ziyoratchilarimiz uchun bayram tadbiri tashkil etildi. Unda Jidda shahridagi bosh konsul Sirojiddin Shamsuddinov, “Haj” va “Umra” bo‘yicha attashe Shuhrat Amoniy, Ishchi guruh vakillari ishtirok etdi.  


An’anaga muvofiq tadbir Qur’on tilovati va xayrli duolar ila boshlandi. Shundan so‘ng mutasaddi vakillarimiz umra safarida bo‘lib turgan hamyurtlarimizni Mustaqillik kuni bilan muborakbod etib, yurtimizda 34 yil davomida amalga oshirilgan xayrli ishlar, xususan, so‘nggi yillarda bo‘y ko‘rsatayotgan keng ko‘lamli islohotlar, erkinlik ne’mati, uni asrab-avaylash va qadrlash barcha yurt farzandlarining burchi ekanini alohida ta’kidlab o‘tishdi.  


Ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvda keyingi yillarda barcha sohalar qatori diniy-ma’rifiy sohada ham ulkan o‘zgarishlar ro‘y bergani, jumladan, umra ziyorati bir necha yuz ming nafarga, Haj kvotasi esa 15 ming nafargacha oshirilgani, ularga xizmat ko‘rsatish, mavjud sharoitlar havas qiladigan darajaga ko‘tarilgani, bunga hozirda umra amalini ado etayotgan hamyurtlarimiz bevosita guvoh bo‘layotgani qayd etildi.  


Tadbirda ishtirokchilarni yaxshi tilak va duolar bilan qutlash barobarida bayram shirinliklari ham ulashildi. Ko‘taringki va samimiy ruhda o‘tgan tadbir ziyoratchilarda katta taassurot qoldirdi.  


Alloh taolo mustaqilligimizni abadiy qilsin, yurtimizni tinch va farovon, xalqimizni xotirjam va baxtiyor aylasin! 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
 

Makkada mustaqillik bayrami munosib nishonlandi (fotolavha) Makkada mustaqillik bayrami munosib nishonlandi (fotolavha) Makkada mustaqillik bayrami munosib nishonlandi (fotolavha) Makkada mustaqillik bayrami munosib nishonlandi (fotolavha) Makkada mustaqillik bayrami munosib nishonlandi (fotolavha) Makkada mustaqillik bayrami munosib nishonlandi (fotolavha) Makkada mustaqillik bayrami munosib nishonlandi (fotolavha) Makkada mustaqillik bayrami munosib nishonlandi (fotolavha) Makkada mustaqillik bayrami munosib nishonlandi (fotolavha)
O'zbekiston yangiliklari