Sayt test holatida ishlamoqda!
22 Sentabr, 2026   |   11 Rabi`us soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:51
Quyosh
06:10
Peshin
12:16
Asr
16:32
Shom
18:25
Xufton
19:40
Bismillah
22 Sentabr, 2026, 11 Rabi`us soni, 1448

Yangi kun qachondan boshlanadi?

09.07.2025   21207   1 min.
Yangi kun qachondan boshlanadi?

Savol: Islomda yangi kun qaysi soatdan boshlab kiradi? Masalan, shartli qabul qilingan tartib bo‘yicha soat 00:00 yangi kunning boshlanishi sanaladi? Islomda yangi kunning boshlanishi va tugashi qaysi vaqtdan e’tiborga olinadi? 

Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Dinimizga ko‘ra, kun shom vaqtidan boshlanadi va keyingi shomgacha davom etadi. Boshqacha qilib aytganda, islomda kun kecha bilan boshlanadi va uning ertasida kun botib, kunduz tugaganida, o‘sha kun ham yakunlanadi. Bunga oyat va hadislardan ko‘plab dalillar bor.
Faqat ayrim ahkomlarda kunning boshlanishi bomdod namozining vaqti kirishi (subhi sodiq)dan boshlanadi va kun keyingi bomdod vaqtigacha davom etadi. Masalan, Hajda Arafot vodiysida turishda hukm shunday.

Shuningdek, ayrim hollarda “kun” tushunchasi yuqoridagidek, 24 soatdan iborat (sutka) ma’nosida emas, balki tunga muqobil – qarama-qarshi ma’noda qo‘llanilishi ham mumkin. Bu holda kun boshlanishi bomdod vaqtidan to quyosh botgunigacha bo‘lgan muddat, ya’ni kunduzdan iborat bo‘ladi. Bunga misol uchun “bir kun ro‘za tutish” deganda aynan shu muddat nazarda tutiladi.

Xulosa qilib aytganda, dinimizdagi umumiy qoidaga ko‘ra, kunning boshlanishi kun botganidan boshlanib, keyingi kun botishigacha davom etadi. Ayrim istisno qilingan holatlarda kunning qachon boshlanib, qachon tugashi dindagi hukmlarga qarab farq qiladi. Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.

Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Mir Arab oliy madrasasida zamonaviy media studiya faoliyat yuritmoqda

22.09.2026   3206   1 min.
Mir Arab oliy madrasasida zamonaviy media studiya faoliyat yuritmoqda

Diniy-ma’rifiy sohada zamonaviy axborot texnologiyalari va media imkoniyatlaridan unumli foydalanish maqsadida Mir Arab oliy madrasasida maxsus ovoz yozish va tasvirga olish studiyasi faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.


Mazkur studiya so‘nggi rusumdagi barcha zarur ovoz va tasvir uskunalari bilan jihozlangan bo‘lib, zamonaviy media talablariga to‘liq javob beradi. Endilikda oliy madrasa ustoz va talabalarining ma’rifiy chiqishlari, onlayn darslar hamda videomurojaatlari mazkur studiyada yuqori sifatda yozib olinmoqda.


Bu kabi imkoniyatlar talabalarning ilmiy va ma’naviy salohiyatini keng ommaga sifatli media mahsulotlar orqali yetkazishda muhim o‘rin tutmoqda. 

Naqshband.uz

Mir Arab oliy madrasasida zamonaviy media studiya faoliyat yuritmoqda Mir Arab oliy madrasasida zamonaviy media studiya faoliyat yuritmoqda Mir Arab oliy madrasasida zamonaviy media studiya faoliyat yuritmoqda Mir Arab oliy madrasasida zamonaviy media studiya faoliyat yuritmoqda
O'zbekiston yangiliklari