Sayt test holatida ishlamoqda!
29 Iyun, 2026   |   14 Muharram, 1448

Toshkent shahri
Tong
03:07
Quyosh
04:53
Peshin
12:29
Asr
17:42
Shom
20:04
Xufton
21:46
Bismillah
29 Iyun, 2026, 14 Muharram, 1448
Maqolalar

Maktub

14.07.2025   11136   3 min.
Maktub

Bir ota uzoq shaharga safar qildi. Ayoli va uch farzandi esa vatanda qolishdi. Bolalari uni juda yaxshi ko‘rishar va hurmat qilishar edi.

Otalari ularga birinchi maktubni yubordi. Lekin ular uni o‘qish uchun ochmadilar, balki har birlari maktubni peshonalariga surtib: “Bu buyuk habibimizdandir”, dedilar. Ushbu xatning ko‘rinishiga nazar qilib, uni chiroyli qutiga solib qo‘yishdi. Bolalar boshqa paytlarda maktubning changini artish uchun olishar va yana joyiga qo‘yib qo‘yishardi. Otalari oilasiga yuborgan hamma xatlarni shunday qilishdi.

Yillar o‘tdi. Ota uyga qaytdi. Lekin ulardan birgina farzand qolgandi. Ota undan so‘radi:

– Onang qayerda?

O‘g‘il dedi:

– Ular qattiq kasal bo‘ldilar. Bizda onamni davolash uchun mablag‘ topilmadi va vafot etdilar.

Ota dedi:

– Birinchi maktubimni ochmadingizmi?! Men sizlarga katta mablag‘ yuborgan edim-ku!

O‘g‘il dedi:

– Yo‘q!

Ota yana so‘radi:

– Ukang qayerda?

O‘g‘il dedi:

– Siz uning ba’zi o‘rtoqlarini tanirdingiz. Onamning o‘limidan keyin unga nasihat qiladigan va uni to‘g‘ri yo‘lga soladigan kimsa topilmadi. U do‘stlari bilan ketdi.

Ota hayratlanib dedi:

– Nima uchun?! Yomon o‘rtoqlarini tark qilib, mening oldimga kelishini yozgan maktubimni o‘qimadingizmi?

O‘g‘il javoban:

– Yo‘q, – dedi.

Ota dedi:

– La havla va la quvvata illa billah. Opang qayerda?

O‘g‘il dedi:

– Turmushga chiqish uchun maslahat so‘ragan haligi yigit bilan nikohlandi va u hozir baxtsiz yashayapti.

Ota darg‘azab bo‘lib dedi:

– Sizlarga bu yigitning obro‘si, xulqi yomonligi va bu to‘yga noroziligim haqida yozgan xatimni o‘qimadingizmi?

O‘g‘il dedi:

– Yo‘q! Biz xatlaringizni bir chiroyli qutida saqladik. Doim uni ziynatladik, peshonamizga surtdik, lekin o‘qimadik.

 

Bu oilaning ahvoli, uning birligi qanday tarqalib ketgani, otaning maktubini o‘qimay, undan manfaat olmay, balki uni muqaddaslab, unda yozilganlarga amal qilmay, hayotlarini qiyinlashtirganliklari haqida tafakkur qildim. So‘ng stol ustidagi chiroyli qutiga solib qo‘yilgan Qur’oni Karimga nazar soldim... Sho‘rim qurisin!

Albatta, men Allohning Maktubiga anavi bolalar otalarining xatlariga muomala qilganlari kabi munosabatda bo‘lyapman. Men Mus'hafni stolim ustiga qo‘yganman-u, lekin uni o‘qimayman, undagi narsalardan foydalanmayman ham. Axir, u butun hayotimning dasturi-ku!

Robbimga istig‘for aytdim. Mus'hafni ochdim va hech qachon uni tark etmaslikka qaror qildim. 

Arab tilidan Ziyoda Mirahmatova tarjimasi
Ibratli hikoyalar
Boshqa maqolalar

V Mekke proydet seremoniya ochisheniya Kaabi

25.06.2026   12016   1 min.
V Mekke proydet seremoniya ochisheniya Kaabi

Traditsionnaya seremoniya Gusl Kaabi ili ochisheniye Kaabi zaplanirovana na 15 Muxarrama 1448 goda xidjri - ponedelnik, 30 iyunya 2026 goda. Uchastiye v protsedure prinimayut visokopostavlennie chinovniki, bogoslovi i sanovniki so vsego musulmanskogo mira - oni omivayut vnutrenniye steni Kaabi aromatnoy smesyu iz vodi Zamzam, rozovoy vodi i blagovoniy.
Po traditsii seremoniyey rukovodit xranitel dvux svyashennix mechetey ili yego predstavitel. Posle vecherney molitvi «isha» zavesa nad dvernim proyemom Kaabi bila podnyata v ramkax podgotovki , a seksiya «Kisvi» pered dveryu bila otkrita, chtobi oblegchit vxod v Kaabu. Meropriyatiya ochisheniya proydut posle utrenney molitvi.
Kak peredayet internet-resurs “Islamskaya stolitsa”, tayfskiye rozi dlya rozovoy vodi sobirayut vruchnuyu, posle chego yee smeshivayut s vodoy Zamzam dlya ochisheniya vnutrenney chasti Kaabi. Ispolzuyetsya okolo 40 litrov vodi Zamzam, xranyasheysya v dvux serebryanix sosudax, yee smeshivayut s 540 ml rozovoy vodi iz Taifa, 24 ml masla iz Taifa premium-klassa, 24 ml svyashennogo masla ud i 3 ml muskusa dlya aromatizatsii sten i pola.
Eta seremoniya obichno provoditsya dvajdi v god: odin raz pered Ramadanom i yeshe raz v pervie dni mesyatsa Muxarram posle xadja.

Press-slujba Upravleniya musulman Uzbekistana