Sayt test holatida ishlamoqda!
30 Sentabr, 2026   |   19 Rabi`us soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
05:00
Quyosh
06:18
Peshin
12:13
Asr
16:21
Shom
18:11
Xufton
19:25
Bismillah
30 Sentabr, 2026, 19 Rabi`us soni, 1448

Agar gapida tursa, najot topadi

28.07.2025   10833   2 min.
Agar gapida tursa, najot topadi

حدثنا عيسى بن أحمد العسقلاني نا ابن وهب حدثني مالك عن عمه أبي سهيل عن أبيه قال: سمعت طلحة بن عبيد الله يقول: جاء رجل من أهل نجد ثائر الرأس نسمع دوي صوته ولا نفقه ما يقول حتى دنا فإذا هو يسأل رسول الله صلى الله عليه وعلى آله وسلم عن الإسلام فقال: خمس صلوات في يوم وليلة.

 قال: هل علي غيرها  قال:  لا إلا أن تطوع قال رسول الله صلى الله عليه وعلى آله وسلم: وصيام رمضان . قال: هل علي غيره  قال رسول الله صلى الله عليه وعلى آله وسلم: لا إلا أن تطوع قال: وذكر له رسول الله صلى الله عليه وعلى آله وسلم الزكاة فقال: هل علي غيرها فقال: لا إلا أن تطوع. فأدبر الرجل وقال: والله لا أزيد على هذا ولا أنقص منه فقال رسول الله صلى الله عليه وعلى آله وسلم: أفلح إن صدق.

Talha ibn Ubaydulloh roziyallohu anhu aytadi: “Najd ahlidan sochlari to‘zigan bir kishi keldi. Ovozining g‘o‘ldirashini eshitardik, nima deyotganini esa tushunmasdik.

Keyin u yaqin keldi. Bilsak, Rasululloh sollallohu alayhi va ’alaa olihi vasallamdan Islom haqida so‘rayotgan ekan.

Shunda u zot: “Bir kecha kunduzda besh mahal namoz”, dedilar. “Zimmamda yana bundan boshqasi ham bormi?” dedi.

U zot: “Yo‘q, lekin o‘z ixtiyoring bilan qilishing (mumkin)”, dedilar. Rasululloh sollallohu alayhi va ’alaa olihi vasallam: “Ramazon ro‘zasini tutish ham”, dedilar.

“Zimmamda bundan boshqasi ham bormi?” dedi. “Yo‘q, lekin o‘z ixtiyoring bilan qilishing (mumkin)”, dedilar.

Rasululloh sollallohu alayhi va ’alaa olihi vasallam unga zakotni zikr qildilar. “Zimmamda bundan boshqasi ham bormi?” dedi u.

U zot: “Yo‘q, lekin o‘z ixtiyoring bilan qilishing (mumkin)”, dedilar. Shunda o‘sha odam: “Allohga qasamki, bundan ziyoda ham qilmayman, kam ham qilmayman”, deya orqaga qaytdi.

Rasululloh sollallohu alayhi va ’alaa olihi vasallam: “Agar gapida tursa, najot topadi”, dedilar.

 

Abu Said Haysam ibn Kulayb Shoshiyning
“Musnadi Shoshiy” asaridan
Davron NURMUHAMMAD tarjimasi

 

Boshqa maqolalar
Yangiliklar

USTOZLAR DOIMO E’ZOZDA

30.09.2026   9105   1 min.
USTOZLAR DOIMO E’ZOZDA

Yurtimizda har yili 1 oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni bayrami sifatida keng nishonlanadi. Bu ayyom jamiyatimizda muallimlarga ko‘rsatilayotgan cheksiz hurmat-ehtiromning ramziy ifodasi bo‘lib, aslida, ustozni ulug‘lash ajdodlarimizdan meros bo‘lib kelayotgan eng go‘zal qadriyatlardan biridir.
 

Muqaddas dinimizda ilm ahli va ustozlarning maqomi nihoyatda yuksak. Qur’oni karimning Mujodala surasi 11-oyatida ularning obro‘-e’tibori naqadar baland ekani shunday bayon qilinadi: «...Alloh sizlardan imon keltirganlarni va ilm berilganlarni (baland) daraja (martaba)larga ko‘tarur».
 

Kasb bayrami munosabati bilan Qoraqalpog‘iston musulmonlari qoziyoti qozisi va hududdagi jome masjidlar imom-xatiblari, shuningdek, Nukus shahridagi «Muhammad ibn Ahmad al-Beruniy» o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi mudiri hamda mudarrislari ishtirokida xayrli tadbir tashkil etildi.
 

Tadbir doirasida ko‘p yillar davomida diniy sohada samarali mehnat qilib, yoshlarga ilm-ma’rifat ulashgan va bugungi kunda keksalik gashtini surayotgan faxriy ustozlarning holidan xabar olindi. Ulamolar va diniy soha xodimlari muhtaram ustozlarni bayram bilan samimiy muborakbod etdilar.
 

Alloh taolo dinimiz ravnaqiga beminnat xizmat qilgan aziz ustozlarimizga mustahkam sog‘lik, mazmunli umr va oilaviy xotirjamlik ato qilsin!

Qoraqalpog‘iston musulmonlari qoziyoti
Matbuot xizmati

USTOZLAR DOIMO E’ZOZDA USTOZLAR DOIMO E’ZOZDA USTOZLAR DOIMO E’ZOZDA USTOZLAR DOIMO E’ZOZDA
O'zbekiston yangiliklari