Shu yil 27 fevral' kuni O'zbekiston musulmonlari idorasi mas'ullari ishtirokida Samarqand viloyatida faoliyat yuritayotgan imom-noiblar majlisi bo'lib o'tdi.
Yig'ilishda O'zbekiston musulmonlari idorasi raisi o'rinbosari Muhammadolim domla Muhammadsiddiqov, Diniy idora bo'lim mudirlari Islomiddin domla Zuhriddinov, Salohiddin domla Sherxonov, Idoraning Masjidlar bilan ishlash bo'limi mas'ul xodimi Dilmurod domla Rahimov hamda viloyat bosh imom-xatibi Zayniddin domla Eshonqulov va vakillik mas'ulari ishtirok etdi.
O'zbekiston musulmonlari idorasi raisi o'rinbosari Muhammadolim domla Muhammadsiddiqov imomlik mas'uliyatli va sharafli vazifa ekanini ta'kidlash barobarida ular din va millat rivoji uchun xizmat qilishlari hamda keyingi yillarda diniy-ma'rifiy sohada bo'layotgan o'zgarishlar haqida so'z yuritdi. Shuningdek, Samarqand viloyatida oxirgi yillarda diniy sohada ko'plab natijalarga erishilgani, hali tizimda ko'plab qilinishi lozim bo'lgan ishlar borligini alohida ta'kidlab, mazkur jarayonda ba'zi imom-noiblar faoliyatida kamchiliklar kuzatilayotganini misollar bilan keltirib o'tdilar.
Uchrashuvda Samarqand viloyatida faoliyat yuritib kelayotgan imom noiblarning bilim va malakalarini oshirish, xalqimiz o'rtasida ma'naviy-ma'rifiy sohadagi hissasini yuqori saviyaga etkazish, soha vakillari faoliyati davomida duch kelayotgan muammo va kamchiliklarni birgalikda bartaraf etish masalalari ko'rildi.
So'zga chiqqan soha mutaxassislari yurtimizda diniy-ma'rifiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, xalqimiz ma'rifatini yuksalatirish, diniy rasm-rusumlarini emin-erkin ado etishlari uchun munosib sharoit yaratish, kelgusida diniy soha xodimlari oldida turgan vazifalarga alohida to'xtalib o'tdilar.
Yig'ilish yakunida yaqinlashib kelayotgan muborak Ramazon oyiga puxta tayyorgarlik ko'rish, masjidlardagi obodonchilik ishlariga e'tibor qaratish bo'yicha mas'ullarga topshiriq berildi.
O'zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati
Tili va dili bilan iymon keltirib, uning taqozosiga ko‘ra go‘zal hayot kechirgan inson komil mo‘min deyiladi. Bunday kishilar do‘zax yuzini ko‘rmay, Allohning fazli-marhamati ila to‘g‘ri jannatga kiradilar. Tili va dili bilan iymon keltirib, katta gunohlar qilib, tavba qilmay vafot etgan inson fosiq mo‘min hisoblanadi...
Tili bilan iymon keltirib, qalbida iymoni bo‘lmagan kimsa munofiq hisoblanadi. Bunday kishiga dunyoda mo‘minlarga o‘xshab muomala qilingani bilan oxiratda ular uchun hech qanday nasiba bo‘lmaydi, Alloh asrasin.
Shayx Nuriddin XOLIQNAZARning “Rabboniy nidolar” kitobidan