Sayt test holatida ishlamoqda!
15 Avgust, 2025   |   21 Safar, 1447

Toshkent shahri
Tong
04:04
Quyosh
05:32
Peshin
12:33
Asr
17:20
Shom
19:26
Xufton
20:47
Bismillah
15 Avgust, 2025, 21 Safar, 1447

3 million savobga ega bo‘ling

30.07.2025   7467   1 min.
3 million savobga ega bo‘ling

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Shayx Abdulloh Qosir rahimahulloh aytadilar: “Qur’onni xatm qilgan inson uch milliondan ortiq savobga erishadi deyiladi. Oqil kishi shunday amalni tark qilish mumkinmi?”.


Doktor Sa’d Xaslon dedilar: “Qur’oni karimning harflarining adadi 323 ming 671ta deyiladi. Ibn Abbos roziyallohu anhudan qilingan rivoyatda kelishicha, “Kimki (Qur’ondan) bir harf o‘qisa, unga o‘nta hasanot bitiladi”.

Bu shuni anglatadiki, kim Qur’onni bir marta to‘liq xatm qilsa, unga 3 milliondan ortiq (aniqrog‘i 3.236.710ta) hasanot bitilishi umid qilinadi. Bunga esa Alloh muvaffaq qilgan bandagina erisha oladi”.


Imom Jaloliddin Suyutiy “Al-itqon fi ulumil Qur’an” asarida Qur’oni karimda 323.015 ta harf borligini rivoyat qilgan. Imom Kisoiy va ba’zi qiroat ulamolari Qur’oni karimda 322.604 ta harf bor deb hisoblashgan.

Imom Qurtubiy bu borada turlicha rivoyatlarni keltirib, harflar soni 321.000 dan 340.000 gacha deb ko‘rsatgan.

Boshqa maqolalar

Kimki bu salavotni 41 marta o‘qisa: Saloti noriya

15.08.2025   695   2 min.
Kimki bu salavotni 41 marta o‘qisa: Saloti noriya

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin.

 

اللّهُمَّ صَل صَلَوةً كَامِلَةً وَ سَلَّمْ سَلَاماً تَامَّا عَلَى سَيِّدِنَا مُحَمَّد الَّذِى تَنْحَل بِهِ الْعُقَدُ وَ تَنْفَرِجُ بِهِ الْكُرَبُ وَ تُقْضَى بِهِ الْحَوَائِجُ وَ تُنَالُ بِهِ الرَّغَائِبُ وَ حُسْنُ الْخَوَاتِمِ وَ يُسْتَسْقَى الْغَمَامُ بِوَجْهِهِ الْكَرِيمِ وَ عَلى آلِهِ وَصَحْبِهِ فِي كُلِّ لَمْحَةٍ وَ نَفَسٍ بِعَدَدِ كُلِّ مَعْلُومٍ لَكَ.

Allohumma solli solatan kamilatan, vasallim salaman tamman ’ala sayyidina Muhammadinillaziy tanhallu bihil ’uqodu va tanfariju bihil kurobu va tuqzo bihil havaiju va tunalu bihir-rog‘oibu va husnul-xavotimi va yustasqol-g‘amomu bi-vajhihil kariymi, va ’ala alihi va sohbihi fi kulli lamhatin va nafasin bi ’adadi kulli ma’lumin lak.

Ma’nosi: Allohim, hazrati Muhammadga va ul zotning oilalari (ahli)ga har nafas va har lahzada O‘zingga ma’lum bo‘lgan sanoqlar miqdoricha komil salavot va mukammal salom yuborgin, chunki ul zotning vositasida (har qanday) tugunlar yechiladi, qiyinchiliklar ketadi, mashaqqatlar bartaraf bo‘ladi, hojatlar ravo bo‘ladi, orzularga va yaxshi-go‘zal oqibatlarga erishiladi hamda ul zotning go‘zal-karamli yuzlari hurmatidan yomg‘irlar so‘raladi. («Al-ad’iyatul-voridatu fil-ayatil karimati val ahodisish sharifax», 64-s).

Bu salavotni har bir namoz ortidan o‘n bir marta o‘qiladi. Biror hojat yoki mushkulotning hal bo‘lishi uchun avval 114 marta Fotiha surasi o‘qilib, keyin bu salavot mukammal 4444 (to‘rt ming to‘rt yuz qirq to‘rt) marta o‘qilsa, ortidan Anfol surasining 60-64-oyatlari tilovat qilinsa, murodga erishilishi tajribalarda sinalgan. Ushbu salavot «As-siyatul komila» yoki tez ijobat bo‘lgani uchun «An-noriya» deb nomlangan.

Bir rivoyatga ko‘ra, Sayyid Ahmad at-Toziyga nisbatan «At-Toziya» yoki «At-Tafrijiyya» deb ham ataladi.

Imom Qurtubiy rahimahulloh aytadilar: Kimki bu salavotni har kuni qirq bir marta yoki yuz marta yoki undan ziyoda o‘qisa, Alloh taolo uning g‘am-tashvishlarini aritadi va qiyinchiliklarini ketkazadi, ishlarini yengillashtiradi, qalbini nurga to‘ldiradi, martabasini ko‘taradi, holatini chiroyli qiladi, rizqini keng qiladi, unga yaxshilik eshiklarini ochib qo‘yadi, so‘zini o‘tadigan qilib qo‘yadi, zamonning turli hodisalaridan va och-faqirlik falokatlaridan omonda saqlaydi va bundan boshqa fazilatlar bilan siylaydi.

 

Eng go‘zal salavotlar risolasidan