Sayt test holatida ishlamoqda!
03 Avgust, 2025   |   9 Safar, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:48
Quyosh
05:20
Peshin
12:34
Asr
17:31
Shom
19:42
Xufton
21:07
Bismillah
03 Avgust, 2025, 9 Safar, 1447
Yangiliklar

“Qur’oni karim va tajvid” o‘quv kursining 62-davra o‘qishlari boshlandi

01.08.2025   19828   1 min.
“Qur’oni karim va tajvid” o‘quv kursining 62-davra o‘qishlari boshlandi

#Qur’on_va_tajvid_o‘quv_kursi

Toshkent islom instituti qoshidagi “Qur’oni karim va tajvid” o‘quv kursining navbatdagi 62-davra tinglovchilari o‘qishni boshlamoqda. Shu munosabat bilan “Qur’oni karim va tajvid” o‘quv kursi bo‘limi boshlig‘i Ahmadxon qori Rashidov tinglovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Unda kursning ahamiyati va o‘quv jarayoni haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, tinglovchilarning fikrlari tinglanib, ularga tavsiyalar berildi. 

 

Ma’lumot uchun:

- Qabul: har shanba kuni, soat 09:00 – 14:00;

- To‘lov: 3 oylik kurs uchun 1 648 000 so‘m;

- Ro‘yxatdan o‘tgach, tinglovchilar navbat bilan o‘qishga chaqiriladi. 

 

Manzil:

Toshkent shahar, Olmazor tumani, Zarqaynar 18-berk ko‘cha, 47-uy. (https://goo.gl/maps/Ng8xP1yVfJwJvB3e7)

 

Bog‘lanish uchun:

71-227-23-47

 

 Alloh taolo barchamizga Qur’onni to‘g‘ri va chiroyli o‘qishni, uning hikmatlaridan bahramand bo‘lishni nasib qilsin!

 

11 ta filiallar   (https://t.me/oliymahad/21683)

t.me/oliymahad

“Qur’oni karim va tajvid” o‘quv kursining 62-davra o‘qishlari boshlandi “Qur’oni karim va tajvid” o‘quv kursining 62-davra o‘qishlari boshlandi “Qur’oni karim va tajvid” o‘quv kursining 62-davra o‘qishlari boshlandi “Qur’oni karim va tajvid” o‘quv kursining 62-davra o‘qishlari boshlandi
O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar

“Qul huva Allohu ahad”ni ko‘p o‘qiganlar

01.08.2025   5564   1 min.
“Qul huva Allohu ahad”ni ko‘p o‘qiganlar

Ma’ruf ibn Fayruz al-Karxiy rahimahulloh aytadilar:

“Dunyo to‘rt narsadan iborat: mol, so‘z, uyqu va taom. Mol tug‘yonga olib boradi, so‘z adashtiradi, uyqu esdan chiqaradi, taom shahvatga yetaklaydi”.


“Solihlar ko‘p, lekin ular ichida siddiqlar kam”.


“Alloh kimga yaxshilikni istasa, unga amal eshigini ochib, tortishish eshigini yopadi. Agar yomonlik istasa, amal eshigini yopib, tortishish eshigini ochadi”.


“Allohga tavakkul qil, toki U sening ustozing va shikoyat qiladigan Zoting bo‘lsin. Chunki insonlardan naf yo‘q”.


“Ko‘zlaringizni tiying, hatto urg‘ochi qo‘ydan ham”.


“Saxiylik — muhtoj paytda muhtoj narsani boshqa birovga berishdir”.


“Tungi ibodat mo‘min uchun qiyomat kunida nur bo‘lib, o‘ngu so‘lini yoritadi. Kunduzgi nafl ro‘za esa, bandani do‘zaxning issig‘idan uzoqlashtiradi”.


“Qiyomat kunida bir nido qilguvchi: “Ey Allohni madh qilganlar turinglar”, deb nido qiladi. Shunda, “Qul huva Allohu ahad”ni ko‘p o‘qiganlar turishadi”.


“Avliyolarning alomati nima?” — deb so‘rashdi. “Alomatlari uchtadir: Alloh uchun g‘am chekadi, Alloh bilan mashg‘ul bo‘ladi va Alloh tomonga qochishadi”.


Dovud Toiyning do‘stlaridan biri menga: “Amalni tashlama. U seni Robbingning roziligiga yaqinlashtiradi”, dedi. Men undan: “Qaysi amalni?” deb so‘radim. U: “Robbingga doimiy itoat, musulmonlarga xizmat va ularga nasixat dedi.
 

Homidjon qori ISHMATBЕKOV