Ushbu mas’uliyatli vazifaga Samarqand shahar “Xo‘ja Is'hoqi Valiy” jome masjidi imom-xatibi Nursultonxon domla Abdumannonov tayinlandi.
Ma’lumot o‘rnida Nursultonxon domla “Mir Arab” madrasasi, Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti va “Oriyental” universitetida ta’lim olgan.
Shuningdek, u faoliyati davomida “Damariq” va “Xo‘ja Is'hoqi Valiy” jome masjidlarida imom-xatib, shuningdek, Samarqand shahar bosh imom-xatibi o‘rinbosari sifatida xizmat qilgan.
Alloh taolodan Nursultonxon domlaning yangi lavozimdagi faoliyatiga muvaffaqiyatlar so‘raymiz!
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati
Xabar berganimizdek, Saudiya Arabistonida Podshoh Abdulaziz nomidagi Qur’oni karim hifzi, qiroati va tajvidi bo‘yicha 45-xalqaro musobaqa bo‘lib o‘tmoqda.
Musobaqaning “Hifz” yo‘nalishida “Ko‘kaldosh” bilim yurti talabasi Shukurbek qori Shuhratbekov va “Qur’oni karimning 15 juzini tajvid bilan yoddan o‘qish” yo‘nalishida esa “Sayyid Muhyiddin maxdum” bilim yurti talabasi Dostonbek qori Sodiqov ishtirok etmoqda.
Qorilarimiz mazkur musobaqaning saralash bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tib, yakuniy bosqichga etib keldi.
Bugun Toshkent vaqti bilan 18:30 da yurtimiz vakillari musobaqaning yakuniy bosqichida ishtrok etadi.
Alloh taolodan Vatanimiz sha’nini himoya qilayotgan qorilarimizga muvaffaqiyat so‘raymiz.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati