Sayt test holatida ishlamoqda!
13 Aprel, 2026   |   24 Shavvol, 1447

Toshkent shahri
Tong
04:24
Quyosh
05:47
Peshin
12:29
Asr
17:04
Shom
19:05
Xufton
20:21
Bismillah
13 Aprel, 2026, 24 Shavvol, 1447
Videolar

Ota-ona mukarram

13.08.2025   10473   1 min.

Hasan domla Kenjayev

Urganch shahar bosh imom-xatibi

VIDEO
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf asarlarining yoshlar tarbiyasidagi o‘rni yuqori baholandi

13.04.2026   1225   1 min.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf asarlarining yoshlar tarbiyasidagi o‘rni yuqori baholandi

Joriy yil 11 aprel kuni poytaxtimizdagi «Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf» majmuasida u kishi tavalludining 74 yilligiga bag‘ishlangan «Yoshlarga sof Islom ma’rifatini tanitish va ularni yot g‘oyalar ta’siridan asrashda Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf asarlarining o‘rni» mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Anjumanda yurtimizning taniqli ulamolari, fan doktorlari, islomshunos tadqiqodchilar, Shayx hazratning yaqinlari, shogirdlari va keng jamoatchilik ishtirok etdi.  

So‘zga chiqqan notiqlar Shayx hazratlarining yurtimizda diniy-ma’rifiy bilimlarni yuksaltirish, ummatni birlik va hamjihatlikka chorlash hamda tafriqaga barham berish yo‘lidagi ulkan xizmatlarini alohida e’tirof etdi. 

Ta’kidlanganidek, Shayx hazrat qoldirgan boy ilmiy maktab va bebaho asarlar bugungi kunda yosh avlodni sog‘lom e’tiqod, vatanparvarlik va mo‘tadillik ruhida tarbiyalashda asosiy manba bo‘lib xizmat qilmoqda.

Ma’rifiy tadbir doirasida ekstremizmga qarshi ma’rifat bilan kurashish va tinchlikni asrashga doir dolzarb masalalar muhokama qilindi. 

Anjuman ishtirokchilari tomonidan o‘zbek, turk, ingliz, arab va rus tillarida taqdim etilgan maqolalar jamlangan maxsus ilmiy to‘plam nashr etilishi rejalashtirilgan.

Bu kabi anjumanlar Shayx hazratlarining merosini zamonaviy tadqiqotlar bilan boyitgan holda xalqimizga yetkazish va jamiyatda ma’naviy barqarorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
 

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf asarlarining yoshlar tarbiyasidagi o‘rni yuqori baholandi Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf asarlarining yoshlar tarbiyasidagi o‘rni yuqori baholandi Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf asarlarining yoshlar tarbiyasidagi o‘rni yuqori baholandi Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf asarlarining yoshlar tarbiyasidagi o‘rni yuqori baholandi Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf asarlarining yoshlar tarbiyasidagi o‘rni yuqori baholandi
O'zbekiston yangiliklari