Sayt test holatida ishlamoqda!
15 Avgust, 2025   |   21 Safar, 1447

Toshkent shahri
Tong
04:04
Quyosh
05:32
Peshin
12:33
Asr
17:20
Shom
19:26
Xufton
20:47
Bismillah
15 Avgust, 2025, 21 Safar, 1447
Yangiliklar

O‘zbekistonlik qorilar xalqaro musobaqaning yakuniy bosqichiga o‘tdi

13.08.2025   5614   1 min.
O‘zbekistonlik qorilar xalqaro musobaqaning yakuniy bosqichiga o‘tdi

Xabar berganimizdek, Saudiya Arabistonida Podshoh Abdulaziz nomidagi Qur’oni karim hifzi, qiroati va tajvidi bo‘yicha 45-xalqaro musobaqa bo‘lib o‘tmoqda.


Musobaqaning “Hifz” yo‘nalishida “Ko‘kaldosh” bilim yurti talabasi Shukurbek qori Shuhratbekov va “Qur’oni karimning 15 juzini tajvid bilan yoddan o‘qish” yo‘nalishida esa “Sayyid Muhyiddin maxdum” bilim yurti talabasi Dostonbek qori Sodiqov ishtirok etmoqda.


Qorilarimiz mazkur musobaqaning saralash bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tib, yakuniy bosqichga etib keldi.


Bugun Toshkent vaqti bilan 18:30 da yurtimiz vakillari musobaqaning yakuniy bosqichida ishtrok etadi.


Alloh taolodan Vatanimiz sha’nini himoya qilayotgan qorilarimizga muvaffaqiyat so‘raymiz. 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati

O‘zbekistonlik qorilar xalqaro musobaqaning yakuniy bosqichiga o‘tdi O‘zbekistonlik qorilar xalqaro musobaqaning yakuniy bosqichiga o‘tdi O‘zbekistonlik qorilar xalqaro musobaqaning yakuniy bosqichiga o‘tdi O‘zbekistonlik qorilar xalqaro musobaqaning yakuniy bosqichiga o‘tdi O‘zbekistonlik qorilar xalqaro musobaqaning yakuniy bosqichiga o‘tdi
O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar

"Maqomi mahmud" nima?

15.08.2025   487   2 min.

Savol: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Maqomi mahmudning egasi bo‘lsalar, unda nega azon aytilganidan keyin Allohim, u zotni O‘zing va’da qilgan Maqomi mahmudga yetkazgin, deb duo qilamiz? Bundan go‘yoki (Alloh saqlasin) Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga Maqomi mahmud berilmagandek bo‘lib chiqmayaptimi?

Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Yo‘q, bunday emas. “Maqomi mahmud” “Maqtalgan maqom” ma’nosida bo‘lib, aksariyat ulamolar nazdida “Maqomi mahmud”dan Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning buyuk shafoatlari iroda qilingan. Bu izzat va karomatning eng oliy maqomi bo‘lib, u Odam avlodidan faqatgina ul muborak zotgagina nasib etgan, xolos.

Shuningdek, azon so‘ngida o‘qiladigan duoda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning o‘zlari bizga Alloh taolodan u zot uchun “Maqomi mahmud”ni so‘rashni o‘rgatganlar. Bu maqomni Alloh taolo u zotga va’da qilgan.

Qolaversa, Payg‘ambarimiz alayhissalom mazkur duoni qilish orqali u zotning shafoatlariga noil bo‘lishimizning xushxabarini ham berganlar. Albatta, U zot alayhissalomga “Maqomi mahmud” so‘rashimiz, bu maqom u zotga berilmaganligini anglatmaydi, chunki Alloh taoloning va’dasi amalga oshgan ish kabidir.

Shunday ekan, bizning azon duosida “Maqomi mahmud”ni Allohdan so‘rashimizning ma’nosi nima degan savolga ulamolar u zot bizning duoyimiz tufayli Maqomi mahmudga erishmaydilar, balki Alloh taolo u zotga bu maqomni aniq qilib qo‘ygan.

Biz bu duoni u zotning shafoatlariga noil bo‘lish uchun qilamiz. Bundan tashqari bunday duo qilishning ma’nosi yo “Maqomi mahmud”ning bardavom bo‘lishini, ya’ni u zotga berilgan maqtalgan maqomni davomli qilgin deb so‘rash ma’nosida yoki banda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam haqlariga duo qilish orqali o‘z ehtiyojlarini Alloh taolodan so‘rashi mumkin ekanligiga ishoradir, deb javob berganlar. Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.