Sayt test holatida ishlamoqda!
18 Sentabr, 2026   |   7 Rabi`us soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:47
Quyosh
06:06
Peshin
12:17
Asr
16:38
Shom
18:32
Xufton
19:47
Bismillah
18 Sentabr, 2026, 7 Rabi`us soni, 1448
Maqolalar

Jizzaxlik imom-xatiblar “Zakovat”da bellashdilar!

18.08.2025   15361   1 min.
Jizzaxlik imom-xatiblar “Zakovat”da bellashdilar!

Mamlakatimiz mustaqilligining 34 yillik tantanalari arafasida “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida Jizzax viloyati masjidlarida faoliyat yuritayotgan diniy soha xodimlari o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi.

“Zakovat” o‘yini O‘zbekiston musulmonlari idorasining barcha hududiy vakilliklari doirasida o‘tkazilib, intellektual bellashuvi bilan bir qatorda sportning futbol, stol tennisi, shaxmat va shashka turlari bo‘yicha ham musobaqalar tashkil etiladi.

Jizzax viloyati bosh imom-xatibi Mehmonali domla Jabborov, viloyat hokimligi kotibiyat mudiri Nurali Raimov va boshqa mutasaddilar intellektual bellashuv boshlanishi arafasida so‘zga chiqib, yurtimiz istiqlol ayyomi munosabati bilan o‘tkazilayotgan musobaqaning ahamiyati haqida so‘zladilar hamda ishtirokchilarga omad va zafarlar tiladilar.

Mazkur musobaqa va bellashuvlar diniy soha xodimlarining aqliy va jismoniy faolligini oshirish, o‘zaro jamoaviy hamfikrligini qo‘llab-quvvatlash, hamjihatlikni mustahkamlash, ilmiy salohiyatlarini oshirish maqsadida Yoshlar ittifoqi tashkiloti hamda mahalliy hokimliklar bilan hamkorlikda tasdiqlangan dastur asosida o‘tkazilmoqda.

20 ta jamoa ishtirok etgan “Zakovat” qizg‘in bahs-munozaralarga boy tarzda o‘tdi. Intellektual o‘yinning yakunida 1-o‘rinni Jizzax shahar masjidlari xodimlaridan iborat “Imom Buxoriy”, 2-o‘rinni Paxtakor tumani masjidlari xodimlarining "Paxtakor" hamda 3-o‘rinni Sharof Rashidov tumani imom-xatiblaridan tuzilgan "Sharof Rashidov" jamoaci qo‘lga kiritib, g‘oliblarga diplom va  esdalik sovg‘alari topshirildi.

O‘MI Matbuot xizmati

Jizzaxlik imom-xatiblar “Zakovat”da bellashdilar! Jizzaxlik imom-xatiblar “Zakovat”da bellashdilar! Jizzaxlik imom-xatiblar “Zakovat”da bellashdilar! Jizzaxlik imom-xatiblar “Zakovat”da bellashdilar!
Yangiliklar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Ozarbayjonning tabarruk qadamjolari ziyorat qilindi

16.09.2026   15038   1 min.
Ozarbayjonning tabarruk qadamjolari ziyorat qilindi

Ozarbayjon safari davomida Turkiy davlatlar muftiylari va anjuman ishtirokchilari Boku, Fuzuliy, Ag‘dam, Shusha singari shaharlardagi muborak qadamjolarni ziyorat qilishdi. Xususan, Boku shahridagi Sayyid Yahyo Bakuviy ziyoratgohi va "Shahidlar xiyoboni"da bo‘ldilar.

Tashkilotchilar iltimosiga binoan O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari Ag‘dam shahridagi tarixiy “Juma” masjidida turli davlatlardan kelgan muftiylar, ulamolar va martabali mehmonlarga peshin namozida imomlik qilib berdilar.

 Ziyoratlar asnosida ulamolar tomonidan Qur’oni karim oyatlari o‘qilib, qardosh ellar tinchligi, barqarorligi va birdamligini so‘rab xayrli duolar qilindi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari