Bismillahir Rohmanir Rohiym
Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: "...Allohning Nabiysi sollallohu alayhi vasallam pardani ushlab, ko‘tardilar. Allohning Nabiysi sollallohu alayhi vasallamning yuzlari bizga ko‘ringan paytdagidan go‘zalroq manzarani ko‘rmaganmiz..." (Imom Muslim rivoyati).
Abdulloh ibn Ka’b aytadi: "Ka’b ibn Molikning Tabukdan qolib ketgan paytini so‘zlab, bunday deganini eshitganman: "Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salom berdim. U zotning yuzlari shodlikdan yashnar edi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qachon xursand bo‘lsalar, yuzlari yorishib, xuddi oyning parchasidek bo‘lib ketardi. Biz buni shundan bilib olar edik" (Imom Buxoriy rivoyati).
رَبِّ ارْحَمْهُمَا كَمَا رَبَّيَانِي صَغِيرًا
O‘qilishi: Robbirhamhumaa kamaa Robbayaaniy sog‘iyro
Ma’nosi: "Robbim! Meni (ular) go‘daklik chog‘imda tarbiyalaganlaridek, Sen ham ularga rahm qilgin!" (Isro surasi, 24-oyat).
رَبَّنَا اغْفِرْ لِي وَلِوَالِدَيَّ وَلِلْمُؤْمِنِينَ يَوْمَ يَقُومُ الْحِسَابُ
O‘qilishi: "Robbanag‘fir liy va li vaalidayya va lilmuminiyna yavma yaquumul hisaab".
Ma’nosi: "Robbimiz! Hisob-kitob qilinadigan (qiyomat) kuni meni, ota-onamni va (barcha) mo‘minlarni mag‘firat qilgin!" (Ibrohim surasi, 41-oyat).
Davron NURMUHAMMAD